2017 yilning iyun oyidan Toşkent-Ostona yönalişidagi poyezdlar qatnovi yölga qöyiladi. Hozirda buning uçun kerakli barça hujjatlar imzolangan. Bu haqida 2 may kuni Milliy matbuot markazida bölib ötgan matbuot anjumanida "Özbekiston temir yöllari" AJ boş muhandisi Husniddin Hosilov ma'lum qildi.
Bugungi kunda yurtimizda Toşkent-Olmaota yönalişidagi poyezdlar qatnovi yölga qöyilgan bölib, bunda Qozoğiston tomonning "Tulpor-Talgo" poyezdlari xizmat körsatadi. Yangi, ya'ni Toşkent-Ostona yönalişi böyiça esa Özbekiston tomonning poyezdlari qatnaşi ma'lum qilindi.
Ta'kidlaş joizki, Toşkent-Olmaota yönalişida qatnovçi poyezdlar narxi - 90 000-220 000 sömni taşkil qiladi.











