Yaponiyaning sobiq mudofaa vaziri Itsunori Onoderaning fikriça, AQŞ va Yaponiya zudlik bilan javob zarbasi berişini anglasa, KXDR zarba beriş haqida qaror çiqarişdan oldin köproq ikkilanib qoladi.
Pentagonning yuqori martabali xodimlari Tokioning potensial duşmanning harbiy bazalariga zarba berişga qodir qurol-yaroğ sotib oliş masalasini juda yaxşi tuşunib turganlarini bildirişdi.
Kyodo axborot agentligining xabariga köra, bu haqda seşanba kuni Yaponiya sobiq mudofaa vaziri Itsunori Onodera aytib ötgan. U hozir hukmron liberal-demokratik partiyadan harbiy salohiyatni oşiriş masalalari bilan şuğullanayotgan parlamentdagi deputatlar guruhini boşqarmoqda.
«Men Pentagonda brifing ötkazdim, — dedi u. — u yerdagilar bizning duşmanning bazasiga zarba beriş imkoniyatiga ega böliş uçun çoğlanişimizni juda yaxşi tuşunib yetişdi». Onoderaning qayd etişiça, «AQŞ va Yaponiya zudlik bilan javob zarbasi berişini anglasa, KXDR zarba beriş haqida qaror çiqarişdan oldin köproq ikkilanib qoladi».
30 mart kuni Onodera boşçligidagi deputatlar guruhi a'zolari hukumatga mamlakat qurolli kuçlarini xorijdagi nişonlarga zarba bera oluvçi qanotli raketalar bilan ta'minlaş masalasi bayon etilgan hujjatni taqdim etişdi. Ayni paytda Yaponiya öziga nisbatan köngilli tarzda örnatgan çekovlarga köra, bunday hujumkor qurollar turiga ega emas.
Bu sohada Tokio özining yagona harbiy ittifoqiçisi — AQŞga tayanadi. Deputatlar hukumatga mavjud yondaşuvni qayta körib çiqib, bu masalada Vaşingtonning roziligini olişni taklif etişmoqda.
Nikkei gazetasining ma'lumotlariga köra, deputatlar şuningdek, mamlakatda yuqori balandlikda uçayotgan ballistik raketalarni parvozining sönggi bosqiçida urib tuşiriş qudratiga ega bölgan Amerikaning THAAD aksilraketa mudofaa komplekslarini örnatiş istiqbolini ham hukumatga taklif etişmoqda.
Onodera guruhi şuningdek, milliy harbiy-dengiz kuçlari kemalari allaqaçon jihozlangan Aegis Ashore — aksilraketa mudofaa kompleksini yerda örnatiş variantining samardorligini örganişni ham taklif etmoqda. Ötgan yilning mayida bunday tizim Ruminiyada örnatilgan, endi esa Polşaga navbat yetgan. Ekspertlarning fikriça, Aegis Ashore aksilraket mudofaa raketalaridan taşqari, Tomahawk qanotli raketalaridan ham foydalana oladi.
Yaponiyaning 2017 yilgi davlat byudjyetida THAAD va Aegis Ashore aksilraketa mudofaa tizimini qiyosiy baholanişiga mablağlar ajratib bölingan. Ayni paytda Tokioda mavjud bölgan Patriot PAC-3 yerusti komplekslarining uzoqligi va aniqligini oşiriş ham nazarda tutilgan.
Sankei gazetasi ilgariroq xabar qilişiça, bu maqsadlarning barçasiga 300 mlrd. iyena (2,9 mlrd. dollar) ajratilmoqda. Yaponiya aksilraketa mudoffa tizimini mustahkamlaş öz yadro-raketa salohiyatini faol mustahkamlab borayotgan Pyongyangga qarşi turiş çorasi hisoblanmoqda.











