Sport bilan şuğullaniş va badantarbiya — miyadagi xotira markazi bölmiş hippokampni yanada elastik bölişiga olib keladi va buning natijasida xotiraning yanada ravşanlaşişiga sabab böladi, deyiladi NeuroImage jurnalida e'lon qilingan maqolada.
«Biz hippokmp qançalik elastik bölsa, köngillilarning xotirasi şunçalik yaxşilanganiga guvoh böldik. Elastik hippokampni ustidan turib ketilganda öz şaklini tiklab oluvçi penoplastdan yasalgan ziç matrasga öxşatiş mumkin. Agar u yanada çöziluvçan bölib qolsa — xotira ötmaslaşadi. Ya'ni, köp foydalanilgan matras egasining badani şaklini öziga yuqtirib, avvalgi şaklini «esdan çiqarganidek», — deydi Delaver (AQŞ) universiteti xodimi Kyortis Jonson.
Sönggi yillarda bir neça tadqiqotçilar guruhi sport bilan muntazam şuğullaniş va badantarbiya miyaning iş faoliyatini yaxşilaşini aniqlaşgan. Masalan, 2008 yilda avstraliyalik olimlar qariyalarda har kuni 50 daqiqalik sayr xotira va konsentratsiyani yaxşilaşini aniqlaşgan, 2015 yilda esa ularning italiyalik hamkasblari jismoniy maşqlar jarohatlaniş yoki yangi könikmalarga örganişda asab hujayralariga boşqa neyronlar bilan yangi boğlanişlar şakllantirişiga yordam berişini körsatib berişgan.
Jonsonning aytişiça, bunday hissiyotlarning sababini aniqlaş şu paytgaça muvaffaqiyatli bölmayotgan edi. Masalan, olimlar bir neça marta maşqlar çoğida hippokamp ölçamlarining ortişi va bolalar va qariyalarda xotira yaxşilanişi örtasida boğliqlik borligini aniqlaşgan. Lekin voyaga yetgan örta yoşdagilarning ham badantarbiya va velotrenejyorda şuğullanişdan söng xotirasi mustahkamlanişini tuşuntirib berişa olişmayotgandi.
Jonson va uning hamkasblari buning sababi hippokam hajmi va massasining ortişida emas, jismoniy zöriqişlar natijasida uning strukturasi qanday özgarişlarga duçor bölişida ekanligini taxmin qilişgan. Bu nazariyani tekşirib köriş uçun ular nisbatan yangi ilmiy uskuna — magnitli-rezonansli elastograf — akustik tölqinlar qanday ötişini kuzatiş uçun tirik töqimalarning elastikligi va qayişqoqligini ölçovçi qurilmadan foydalanişgan.
Olimlar yarmi sportzallarda şuğullanadigan, boşqa yarmi uyida doim yotadigan ellikka yaqin köngillilarning miya strukturasini tahlil qilib körişgan. Bu sinovlar vaqtida bir neça oddiy masalalarni yoddan yeçişlari kerak bölgan: ekranda bir neçta çiziqlar körsatilgan, tajribada qatnaşayotganlar ularni yodlab qolib, örnini aytişlari lozim bölgan.
Kuzatişlarning körsatişiça, köngillilarning xotirasi mustahkamligi çindan ham hippokmpning hajmi va massasi emas, uning içki strukturasiga, sport bilan neçoğlik şuğullanişga boğliq bölib turgan ekan. Bunday boğliqlik tajribada qatnaşgan yoşlarda ham, kariyalarda ham birdek kuzatilgan, ayniqsa, sport bilan muntazam şuğullanuvçi kişilarda yorqinroq köriniş bergan.
Bu nima bilan boğliqligini hozirça olimlar töliq aniqlaşgani yöq, biroq hippokampning elastik strukturasi unda şamollaş manbalari, qon bilan yomon ta'minlangan uçastkalar va nerv hujayralarini oziq moddalari hamda kislorod bilan ta'minlanişiga doir surunkali muammolarga sabab böluvçi qon aylaniş tizimidagi boşqa nuqsonlar kamligidan dalolat berib turibdi.
Tadqiqotçilarning fikriça, hippokampning kam elastikligi şuningdek, neyrodegenerativ kasalliklarning palak otişi va miyaning yangi nerv hujayralari vujudga keltiriş hamda ular örtasida boğlaniş şakllantiriş xususiyatining yöqotilişi bilan boğliq bölişi ham mumkin.












