Namangan şahrida yaşovçi fuqaro Ş.Ahmedov, sud qaroriga asosan fuqaro D.Abdurazzaqova foydasiga bir nafar farzandining moddiy ta'minoti uçun aliment tölaşi lozim bölsada, 2 million sömdan ortiq aliment qarzdorligini tölaşdan böyin tovlab, sud ijroçilarining Namangan şaxar bölimiga kelib, sud ijroçisi D.Ikramovga nima sababdan uni çet davlatga çiqiş huquqlarini çeklab qöyganligini aytib dağdağa qiladi va xizmat vazifasini ötayotgan xodimini kurakda turmaydigan sözlar bilan haqoratlaydi.

Ertasi kun, ya'ni joriy yilning 18 fevral kuni kunduzi Ş.Ahmedov sud ijroçilari bölimiga kelib, yöl yoqasida turgan sud ijroçisi D.Ikramovga tegişli bölgan “Laçetti” rusumli avtomaşinasining çap yon oynasini qölida bölgan avtomaşina klyuçi bilan urib sindirganligi, “Laçetti” avtomaşinasini signalizatsiyasi işlab ketganligi sababli sud ijroçisi D.Ikramov, bölim iş yurituvçisi Z.Atamirzayev, fuqarolar I.Solijonov, A.Turğunov, S.Olimjanovlar yugurib çiqib, avtomaşina oldiga borişganida, Ş.Ahmedov ularni körib boşqaruvidagi VAZ-2106 rusumli avtomaşinasini qarama-qarşi yönaliş böylab boşqarib, yöl çetida turgan Z.Atamirzayev, I.Solijonov, A.Turğunov, S.Olimjanovlarni ustiga haydab, qasddan urib yuborib, ularga tan jarohati yetkazadi.

Mazkur holat yuzasidan Ş.Ahmedovga nisbatan Namangan şahar prokuraturasi tomonidan 2017 yil 21 fevral kuni Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 122-moddasi, 1-qismi, 219-moddasi, 2-qismi va 277-moddasi, 3-qismi “g”bandi bilan jinoyat işi qözğatilib, Jinoyat Kodeksining 221-moddasi bilan uşlangan va unga nisbatan  qamoqqa oliş xaqida ehtiyot çorasi qöllanilgan.

Sud departamentining matbuot xizmati bergan ma'lumotga köra, Jinoyat işi joriy yilning 27 aprel kuni Jinoyat işlari böyiça Namangan şahar sudi sayyor oçiq sud majlisida körib çiqilib, sudlanuvçi Ş.Ahmedov, Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 122-moddasi, 1-qismi, 219-moddasi, 2-qismi va 277-moddasi, 3-qismi “g”bandi bilan aybli, deb topilib, unga 3 yil 9 oy 24 kun ozodlikdan çeklaş bilan boğliq jazo tayinlanib, jinoyat quroli deb e'tirof etilgan VAZ-2106 rusumli avtomaşina davlat foydasiga musodara qilingan.