Facebook ijtimoiy tarmoği öz joniga qasd qiliş va qotilliklar videolari joylaştirilişi bilan boğliq bir neçta mojaroli voqealardan keyin foydalanuvçilar kontentini közdan keçiriş uçun 3 ming nafar yangi işçini işga olişni rejalaştirmoqda.
Kompaniyaning boş ijroçi direktori va hamta'sisçisi Mark Tsukerbergning aytişiça, yangi işçilar Facebook beşafqat videolar borasidagi har hafta oladigan millionlab şikoyatlarni tahlil qilişadi.
Kompaniyada hozirda 4,5 ming kişi işlaydi.
"Agar biz xavfsiz jamiyat qurişni istasak, unda tezroq munosabat bildirişimiz kerak", deb aytdi Tsukerberg.
Tsukerbergning bu bayonoti Klivlenddagi qotillik videosi bilan boğliq voqeadan bir neça hafta ötgandan keyin paydo böldi. Uşbu video öçirib taşlanişidan avval ijtimoiy tarmoqda bir neça soat davomida turgan.
Bundan köp ötmay tailandlik erkak öz sahifasida qizining öldirilişi videosini joylaştirgandi.












