Xitoy poytaxtida payşanba kuni havoning PM2.5 zararli zarraçalari bilan ifloslaniş darajasi Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti bilan belgilab berilgan xavfsiz körsatkiçdan 21 barobarga oşib ketdi. Bundan XXR atrof-muhitni muhofaza qiliş vazirligi ma'lumotlari darak bermoqda.

Soğliq uçun asosiy xavfni hajmi 2,5 mikrondan kiçik bölgan PM2.5 zarraçalari keltirib çiqaradi, ular tuman kabi köriniş hosil qiladi va inson öpkalariga kirib borişi hamda böğiliş va boşqa jiddiy asoratlarga olib kelişi mumkin. Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti tomonidan tavsiya etilgan xavfsiz körsatkiç esa bir kub metrga 25 mikrogrammni taşkil etadi.

XXR atrof-muhitni muhofaza qiliş vazirligi ma'lumotiga köra, Pekinda mahalliy vaqt bilan soat 9.05 (Toşkent vaqti bilan 6.05)da PM2.5 zararli zarralar konsentratsiyasi bir kub metrga 533 migrogrammni taşkil qilgan.

Avvalroq XXR Davlat kengaşi boş vaziri Li Ketsyan Butunxitoy xalq vakillari yiğilişi sessiyasining oçiliş marosimida hukumat joriy yilda havo ifloslanişi bilan kuraş böyiça qaror çoralar körişi va “Xitoyga musaffo osmonni qaytarişi” haqida ma'lum qilgandi.