Eron Islom Respublikasi 2017 yil 19 mayda belgilangan navbatdagi prezidentlik saylovlari arafasida turibdi. Umumxalq ovoz beriş yaqin qolgani sari Eronning ikki siyosiy guruhi – konservatorlar va reformatorlar örtasidagi hokimiyat uçun kuraş yanada keskin tus olmoqda.
Bu galgi saylovlar ham Eronning kelajagi uçun muhim ekani aytilmoqda. Xöp, nima uçun Özbekiston, mintaqa va dunyo uçun Erondagi saylovlar muhim?
Avvaliga Eronning Yaqin Şarq mintaqasidagi yetakçi davlatlaridan biri ekanini yodga oliş kerak. Mamlakatning yadro dasturi bor va Iroq hamda Suriyadagi şialar boşçiligidagi hukumatni qöllab-quvvatlab keladi. Dunyoning yetakçi davlatlari Eronni mintaqadagi muammoning bir qismi va şu muammoning yeçimi ham deb e'tirof etişadi. Bularning bariga Eronda prezidentlikka kim kelişi ta'sir qiladi.
Hozirda Eron siyosatida qudrat talaşiş ikki kuç – reformatorlar va konservatorlar örtasida keçmoqda. Boşqa tomondan saylov natijasi va kim prezident bölişi mamlakat içki va taşqi siyosatida tub özgarişlarga sabab bölmaydi. Çunki asosiy hokimiyat mamlakat Oliy rahbari oyatulloh Ali Xomanaiy qölida jamlangan.
Ammo şuni ham yodda tutiş kerakki, tahlilçilar tomonidan hozirgi prezident Ruhoniy mö'tadil va islohotçi siyosatçi deb köriladi, aynan u Oliy rahbari oyatulloh Ali Xomanaiyni tarixiy sanalgan yadro dasturi kelişuviga köndirgan edi.
28 aprel kuni Eron prezidentligi lavozimiga oltita nomzod örtasida «Irib TV1» milliy telekanalida birinçi munozaralar bölib ötdi. Uşbu munozara uç soatga yaqin davom etib, unda ijtimoiy-iqtisodiy masalalar bahslarning asosiy mavzusiga aylandi.
Prezidentlik saylovi kampaniyasi a'zolarining birinçi uçraşuvi arafasida tomoşabinlar amaldagi prezident Hasan Ruhoniy va uning asosiy raqibi Eronning sobiq boş prokurori konservativ Ibrohim Raisiy örtasida qizğin bahs bölişini taxmin qilişgandi. Lekin bu bahs sodir bölmadi.
Ruhoniy kutilgan umidlarni oqlamadi. U sekin va umumiy iboralar bilan gapirdi, çiqiş qiliş uçun taqdim etilgan vaqtdan unumli foydalanmadi.
Uç nomzod – Eronning sobiq sanoat vaziri Mustafo Hoşimiy-Taba, Ibrohim Raisiy va sobiq madaniyat vaziri Mustafo Mirsalim Ruhoniy hamda Jahongiriylarning Islom inqilobi qöriqçilari korpusining iste'fodagi qömondoni, Tehron hokimi Muhammad-Boqir Qolibofga qarşi bahsi soyasida qolib ketişdi.
Munozaralar paytida Ibrohim Raisiy Mahmud Ahmadiynajod ruhida populistik ritorikani saqlab turdi va asosiy urğuni ijtimoiy adolatga berdi. Ammo, iqtisodiy masalada u hukumatning amaldagi siyosatiga muqobil variant ilgari surmadi. Eron tahlilçilari va OAVlari bu jihatni uning muzokalardagi asosiy kamçiligi deb baholaşdi. U öz xarizmasini körsata olmadi. Endi savol tuğiladi: Raisiy Ruhoniyga jiddiy qarşilik qila oladimi? Endilikda konservatorlardan asosiy nomzod bölgan Ibrohim Raisiy, hatto, uning tarafdorlari ham Ruhoniyga jiddiy qarşilik qila olişiga şubha bilan qaraşmoqda.
Tehron hokimi Muhammad-Boqir Qolibof öz saylov kompaniyasini Ruhoniyning 2013 yildagi saylovoldi va'dalarini eslatib, hukumatni tanqid qiliş ruhi asosiga qurmoqda. Uning asosiy şiori «söz hukumatidan ijro hukumatiga ötiş» bölib, telemunozaralar mobaynida u asosan Ruhoniy bilan bahs yuritdi. Şahar hokimi işsizlik va iqtisodiy tanglikka urğu berib «4 foiz 96 foizga qarşi», ya'ni aristokratiya kambağalga qarşi formulasini ilgari surdi. Muhammad-Boqir Qolibof uçun bu saylov prezidentlik lavozimini egallaş uçun oxirgi imkoniyat, bu uning uçinçi prezidentlik saylovi kampaniyasi hisoblanadi.
Eron siyosiy tahlilçisi Hasan Rasuliyning «Entekhab» portaliga bergan bayonotiga köra, Muhammad-Boqir Qolibofning çiqişi va Ibrohim Raisiyning birinçi munozaralarda közga yaqqol taşlanmasligi konservativ kuçlar strategiyasiga asoslanadi. Hozirda konservatorlar Qolibofning reytingini oşirişmoqçi, keyin esa uni Raisiy foydasiga nomzodligidan voz keçişga köndirişmoqçi ekanligini ta'kidlaydi siyosiy tahlilçi.

Foto: Forbes
Kutilmaganda Eronning birinçi vitse-prezidenti Işoq Jahongiriy munozaralarning asosiy yulduziga aylandi. OAV va tahlilçilar uning rolini Ruhoniyning «yaşin qaytargiçi» va «spoyler nomzod» (ğalabaga imkoni bölmasa-da, öz raqibi ğalabasiga ham yöl qöymaydigan nomzod) deb qaraşmoqda. Ammo, u özini vazmin va sovuqqon tutdi, hukumatni tanqid qilib berilgan savollarga statistik ma'lumotlarga tayanib dadil javob berdi.
Qolgan 5 nomzoddan farqli ravişda, Jahongiriy real iş yuzasidan gapirdi. U Qolibof bilan yuzma-yuz qarşilikka bordi.
Jahongiriy barça nomzodlardan köra dadil körindi. Munozaralardan söng ijtimoiy tarmoqlarda uning tarafdorlari sonining birdan ösişi hayratlanarli emas. Twitter sahifasida Jahongiriyni asosiy nomzod sifatida Hotamiy ma'muriyatining boşliği – Muhammad Ali Obgohiy, Eron davlat teleradiokompaniyasi yetakçisi Vohid Imoniy va boşqa jurnalistlar qöllab-quvvatlaşgan. Bu borada kinoyali gaplarni esa birinçilardan bölib Islom inqilobi qöriqçilari korpusiga yaqin axborot agentligi «Tasnim News» tarqatdi.
Konservativ OAVlar birinçi vitse-prezident emas, balki Ruhoniy öz nomzodligini olib taşlaşi mumkin degan kinoyalarni qilişni boşlaşdi.
Şu bilan birga, konservativlar orasida katta rolni Islom inqilobi qöriqçilari korpusi öynaydi. Fevral oyida konservativ qanotning ön nafar a'zolari yagona nomzodni aniqlaş maqsadida Islom inqilobi xalq frontini tuzişgandi.
Islom inqilobi qöriqçilari korpusi saylovlarda konservativ fraksiyaning ğalabasi uçun oğzaki tarafdorlik bilan çeklanib qolmay, real harakatlarni ham amalga oşirmoqda. Jumaladan, sönggi oyda Islom inqilobi qöriqçilari korpusi razvedka xizmati amaldagi hukumat va prezidentni qöllab-quvvatlovçi bir qator jurnalistlar va sun'iy yöldoş kanallari rahbarlarining 12 nafarini qamoqqa oldi. Ba'zi jurnalistlarga esa qamoqqa oliş bilan tahdid qilindi.
Majlis deputatlari harbiy tuzilmaning bunday harakatlaridan ğazablanişganini bildirişgan. Parlamentdagi «Umid» reformatik fraksiyasining tört a'zosi prezident Hasan Ruhoniy nomiga xat yozib jurnalistlarni ozod etişni söraşgan. Tehron vakili Muhammad Sodiqiy esa prezident Ruhoniy oçiq xat bilan çiqib bu masalani hal etişni iltimos qilgan. Sodiqiyning xabar berişiça, hukumatni yoqlab çiqqan islohotçi ruhidagi jurnalist va kanal direktorlarigina qamoqqa olingan, konservativ ruhdagi kanallar esa öz erkin taşviqotini davom ettirişmoqda.
Bundan taşqari, prezident Hasan Ruhoniy ham Islom inqilobi qöriqçilari korpusining saylov jarayonlariga aralaşayotganligini tanqid qilib, Korpusning asosiy vazifasi xavfsizlik va tinglikni ta'minlaş ekanligini ta'kidlab ötdi
Ruhoniy va Raisiyni saylov kampaniyasi yetakçi nomzodlari sifatida körilgan başoratlar özini oqlamadi. Reformatorlar tomonida noaniqlik hukmron.
Ammo, Eron parlamentining «Umid» reformatik fraksiyasi rahbari Muhammad Rizo Orif «ISNA» agentligiga ma'lum qilişiça, Ruhoniy yoki reformatorlarning boşqa nomzodining holati ança yaxşi, va u birinçi turning özidayoq saylanadi. Nomzodlarning köpligi konservatorlar foydasiga emas.
Öz örnida Raisiy qöllab-quvvatlab turgan kuçlar ham uning pozitsiyasini mustahkamlaşga qaror qilişdi. Qum ilohiyot öqituvçilari jamiyati tarkibiga kiruvçi oyatulloh Muhammad Mehdi Faqihiy sobiq prokuror nomzodligini qöllab-quvvatlaşini ma'lum qilgan. Faqihiyning sözlariga köra, 28 aprelda bölib ötgan taşkilot yiğilişida a'zolarning köpçiligi Raisiyga ovoz bergan. Şu sababli prezidentlik saylovlarida ham ular uning nomzodini yoqlaşlarini ma'lum qilişgan. Eronning siyosiy va ijtimoiy hayotida muhim rol öynovçi yana bir taşkilot – «Kuraşuvçi ma'rifat jamiyati» hali nomzod borasida öz qarorini bildirmagan. Bu ikki taşkilotning fikri nomzodning saylovlarda ğalabasini kafolatlaşi mumkin.
«Entekhab» portali ötkazgan sörovlar natijasiga köra, birinçi tur munozaralari Ruhoniy-Jahongiriy birligi ğalaba qozongan. Ular uçun 84 foiz portal foydalanuvçilari ovoz bergan. Qolibof-Raisiy birligi esa 13 foiz, qolgan nomzodlar esa atigi 3 foiz ovoz töplaşga muvaffaq bölişdi. Internet-saylovda 25,5 ming kişi qatnaşgan.
Yuqoridagilardan kelib çiqib aytiş mumkinki, Erondagi prezidentlik saylov oldi jarayonlari qizğin pallasiga kirib bormoqda. Mamlakat prezidentligiga 6 nafar nomzod kuraş olib borayotgan bölib, ular ikki siyosiy kuç – reformatorlar va konservatorlar guruhlariga ajralgan. Tahlil natijalari esa reformatorlar guruhidan bölgan amaldagi prezident Hasan Ruhoniyning ikkinçi muddatga qayta saylaniş imkoniyati yuqoriligini körsatmoqda. Ammo, şuni unitmaslik kerakki, Erondagi oliy hokimiyat Oliy rahbar oyatulloh Ali Xomanaiy boşçiligidagi konservativ ruhoniylar qölida jamlangan. Bu esa konservatorlar guruhining ham uşbu saylovlarda imkoniyatlari past emasligidan dalolat beradi.
A.Muzaffarov,
mustaqil tadqiqotçi












