Özbekiston qişloq va suv xöjaligi vazirligi, iqtisodiyot vazirligi va moliya vazirligi tomonidan (2017 yil 24 aprelda №2877 raqam ostida) qabul qilingan qarorga köra davlat buyurtmasi bilan xarid qilinadigan meva va sabzavot mahsulotlari, kartoşka, poliz ekinlari va uzum yetiştiruvçi qişloq xöjaligi mahsulotlarini işlab çiqaruvçilarning xarajatlariga bönak (avans) ajratiş tartibi haqidagi Nizom tasdiqlandi 

Unga köra, qişloq xöjaligi mahsuloti işlab çiqaruvçisi buyurtmaçi bilan kontrakt şartnomasi kuçga kirganidan 3 bank kunidan ortiq bölmagan muddatda bönak mablağlarni oliş uçun öziga xizmat körsatayotgan bankda maxsus hisob raqami oçişi kerak.

Bönak mablağlarining hajmi kontrakt şartnomasi qiymatining 40 foizidan kam bölmasligi lozim.

Hujjatda agrotexnika çora-tadbirlarining ötkaziliş muddati, şuningdek ular sarflanadigan xarajatlarga köra, bönak mablağlarini beriş muddatlari körsatib ötilgan.
 
Hujjat davlat tilida qabul qilingan 2017 yil 1 maydan e'tiboran kuçga kirgan.

Hujjatning töliq matni, şarhi va unga boğliq boşqa qonunçilik hujjatlariga havolalar bilan «Özbekiston Respublikasi qonunçiligi» axborot-qidiruv tizimida tanişiş mumkin.

Sardor Jumaşov,
Norma.uz ekspert-yuristi.