Toşkent IIBBda bölib ötgan matbuot anjumanida ma'lum qilinişiça, soha xodimlari tomonidan ötkazilgan tergov-tezkor tadbirlar natijasida joriy yil 4 oyida 430ta, aprel oyida–114ta va hafta davomida esa – 21ta jinoyatlar issiq izidan foş etildi. Şularning 3tasi oğir tan jarohati yetkaziş, 1tasi talonçilik, 12tasi öğirlik, 5tasi firibgarlik jinoyatlari ekani qayd etildi.

Şuningdek, yil boşidan – 642 nafar, aprel oyida– 130 nafar hamda hafta davomida–42 nafar qidiruvda bölgan jinoyatçilar uşlandi.
Muqaddam sudlanganlar, profilaktik hisobda turuvçilar örtasida ham profilaktik işlar amalga oşirildi. Jumladan, 813 nafar muqaddam sudlangan şaxslar, 1395 nafar içki işlar idoralari profilaktik hisobida turgan şaxslar bilan suhbatlar ötkazilgan.











