Çirçiq şahrida ikki nafar IIB jinoiy jazoga tortildi. Kun.uz sud hujjati bilan tanişdi.

Kafedagi janjal

Sud hukmiga köra, jabrlanuvçi Ş.M. 2026-yil 17-fevral kuni ovqatlaniş maqsadida tanişi bilan Çirçiq şahridagi “Bek” nomli kafega borgan. Şu vaqt kafening umumiy zalida ayol kişi mast holatda atrofdagilar bilan janjallaşa boşlagan. U administrator qiz bilan ham tortişgan. Ş.M. janjalni töxtaşi maqsadida ayollarni ajratib qöyişga uringan. Şunda mast ayol “Sen aralaşma, qoç bu yerdan”, deya nari ketgan.

Oradan köp ötmay öşa ayol Ş.M. ötirgan stol yoniga kelgan va barçani suratga olib, “Hozir öğlim Umid bilan Islom buxarskiy keladi” deya çiqib ketgan.

Şundan söng taxminan 20 daqiqalar ötganidan keyin kafega bir neçta şaxslar kelgan. Ş.M.ga uni taşqarida “Islom buxarskiy” çaqirayotganini aytişgan. Ş.M. taşqariga çiqib, uning oldiga borgan.

“U bilan taxminan 10 nafar yigit kelganini kördim. Ular bilan birga IIB PPX xodimlari ham turişgandi. “Islom buxarskiy” meni körib, “Böldi, qaytib kirib ketaver” dedi. Şunda yigitlarning biri qölimdan tortib, öziga qaratganida ortimdan Umid jağ qismimga kutilmaganda muşti bilan urdi. Yerga yiqildim. Yigitlar turğizişdi. Kafe içkarisiga kirib, qonagan joylarimni yuvdim.

Söngra taşqariga çiqqanimda hamma ketib bölgan ekan. Uyga ketiş uçun yöl çetiga çiqib, taksi töxtatib turgan vaqtimda oldimga davlat raqami yeçilgan oq rangli Gentra keldi. Yölovçi örindiq tomonidan özini Islom deb taniştirgan şaxs tuşdi. U “Umid mening örtoğim böladi, agar jajdang bölsa söravol, ertaga körişamiz” dedi va özining telefon raqamini berdi.

Şundan söng, xaligi yigitlardan 4-5 nafari keldi. Ulardan “Gera” (Qurbonali Suponov - tahririyat) laqablisini tanirdim. Meni kafe avtoturargohida turgan Epika maşinasiga ötirğizmoqçi bölişdi. Ulardan qoçib ketdim. Ortimdan quvişdi. Taxminan bir kilometr masofagaça qoçib, keyin çarçab töxtadim. Maşinada ortimdan kelgan şaxslar tuşib, “Gera” bir muşt urdi. Qolganlari oyoqlari bilan tepişdi. Şu bilan nima bölganini eslolmayman”, degan Ş.M. suddagi körsatmasida. 

Kaltaklangan Ş.M. tez tibbiy yordam maşinasida Çirçiq şahar markaziy şifoxonasiga olib borilgan. Söngra IIB xodimlari kelib, uni janjal sodir bölgan hududdagi IIB binosiga olib ketişgan.

Yaşirilgan jinoyat