Umumxalq bayrami bölmiş 9 may – Xotira va qadrlaş kuni munosabati bilan talabalar tomonidan Ikkinçi jahon uruşi qatnaşçilari va mehnat faxriylarining uylariga borib, ularning holidan xabar oliş ezgu an'anaga aylangan. Bu yil ham ana şu an'ana davom ettirilmoqda.

Bugun Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligining bir guruh xodimlari tabarruk 95 yoşni qarşilagan Ikkinçi jahon uruşi qatnaşçisi, harbiy uçuvçi, iqtisod fanlari doktori, professor, xizmat körsatgan fan arbobi Muxtor Rasulov va u kişining turmuş örtoqlari Sanobar Rasulovalar xonadonida mehmon böldilar. Bu haqda Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi Ma'naviy-axloqiy tarbiya boşqarmasi Kun.uz’ga xabar bermoqda.
Vazirlik xodimlari Muxtor Rasulovning Ikkinçi jahon uruşidagi qahramonliklari, Vatan himoyasidagi tengsiz jasorati uçun minnatdorçilik bildirdilar. Bundan taşqari, olimning oliy ta'lim tizimiga qöşgan ulkan hissasi va köp yillik mehnatini alohida e'tirof etdilar.

Ikkinçi jahon uruşidan avvalgi oçarçilik yillaridan boşlangan suhbat bugungi dorulomon kunlarga boğlanib ketdi. Ustoz Muxtor Rasulov yoş avlodni mustaqillik va bunday omon-omon kunlarning qadriga yetişga örgatiş lozimligini qayta-qayta ta'kidladilar. Bu işga hozir ham, bundan keyin ham özining munosib hissasini qöşişga tayyor ekanini uqtirdilar.
- Sanobarxon bilan ilk marta pedagogika bilim yurtida öqib yurgan kezlarimda uçraşganman. Öşanda dadam Toşkentga kelib, menga yordam berib turadigan odam borligini aytgan. Meni yetaklab öşa odamnikiga olib borgan. Sanobar öşa odamning qizi ekan. Öşa paytdayoq yuragim jiz etgan edi, – deydi Muxtor Rasulov 72 yildan beri birgalikda umrguzaronlik qilib kelayotgan 90 yoşli turmuş örtoqlari haqida.
Mehmonlarning “Bizga ham 95 yoşga kirişning yöllarini aytib bering”, degan söroviga“Albatta, eng avvalo, istaymizmi, yöqmi, uzoq yaşaşning siri bu – mehnat! Mening soham böyiça aytişadiki, ijod. Töxtovsiz ijod qiliş. Men 95 yillik umrimning qariyb 50 yilini oliy ta'lim tizimida ötkazganman.

Keyin töğri turmuş, töğri yaşay biliş, me'yorida muomala qiliş, me'yor bilan işlaş. Har bir narsaga oçiqköngillilik bilan yondaşiş. Yana eng muhim narsa – qayğurmaslik”, deya javob qaytardi ustoz.
- Mustaqillik Sizning hayotingizga qanday özgarişlar olib keldi?– degan savolga kökragiga 27 ta şoda-şoda medal taqqan Muxtor Rasulov şunday javob berdi:
- Mustaqillik men uçun tom ma'nodagi katta baxt! Bugungaça bölgan 95 yillik umrimning mustaqillikkaça bölgan davri bilan mustaqillikka erişilgandan keyingi davrini tarozi pallasiga qöysak, keyingi 26 yil bosib ketişi aniq. Çunki, mana, 92 yoşga kirdim. Oxirgi 22 yil davomida 70 yoşimgaça körmagan yaxşi kunlarni kördim. Asosiysi, dilimda armon qolmadi.

Prezidentimiz va hukumatimiz bizga nafaqat 9 may arafasida, balki yil davomida juda katta e'tibor bilan qarayotganidan çeksiz minnatdormiz. Iloyo, biz körgan yomon kunlarni farzandlarimiz aslo körmasin”.
Yana bir yangilik. Kuni keça Muxtor Rasulovga Özbekiston Respublikasining Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning şaxsiy tabriknomasi yetkazildi. Ustoz bundan baxtli va quvonçli kun bölmaganini aytib, Prezidentimiz haqiga uzoq va davomli duo qildilar.

Vazirlik apparati xodimlari tomonidan joriy yilning 12 may kuniga qadar mana şunday taşriflar davom ettirladi.










