Prezident Şavkat Mirziyoyev Özbekiston xalqini Xotira va qadrlaş kuni bilan tabrikladi.
«Siz, azizlarni, köp millatli butun xalqimizni qutluğ ayyom – Xotira va qadrlaş kuni hamda Ikkinçi jahon uruşida qozonilgan buyuk ğalabaning 81 yillik bayrami bilan çin qalbimdan samimiy muborakbod etaman. Uşbu unutilmas kunda, avvalo, jang maydonlarida tengsiz jasorat körsatib, insoniyatni faşizm balosidan xalos etişga munosib hissa qöşgan qahramon ota-bobolarimizning sönmas xotirasi oldida boş egib, ta’zim qilamiz. Bugungi kunda oramizda soğ-omon yaşab kelayotgan uruş va mehnat faxriylari, nuroniy otaxon va onaxonlarimizga yuksak ehtiromimizni izhor etamiz. Mustaqillik yillarida Vatanimiz sarhadlari daxlsizligini saqlaş, xalqimizning tinç va osoyişta hayotini himoya qiliş yölida mardlarça halok bölgan azmu şijoatli harbiy xizmatçilar va huquqni muhofaza qiliş organlari xodimlarining xotirasini mehr va hurmat bilan yodga olamiz», deyiladi tabrik sözida.
Ta’kidlanişiça, faşizmga qarşi uruşda öşa davrda 6 million 800 ming kişidan iborat bölgan respublikamiz aholisining 1 million 950 ming nafari iştirok etgan. Şundan yarim milliondan ziyod kişi jang maydonlarida halok bölib, 158 mingdan köproği bedarak yöqolgan, 60 ming nafardan ortiq vatandoşimiz esa nogiron bölib qaytgan. Uruş davrida 214 ming nafar özbekistonlik askar va ofitserlar jangovar orden va medallar bilan taqdirlangan bölsa, ularning 301 nafari eng oliy nişon – Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoniga sazovor bölgan, 70 nafar yurtdoşimiz esa uçala darajadagi “Slava” ordeni bilan mukofotlangan.
Özbek xalqi uruş hududlaridan köçirib keltirilgan 1 million 500 mingdan ortiq insonga, jumladan, ota-onasi va oilasidan judo bölgan 250 ming nafar bolaga boşpana berib, ularga mehr-oqibat körsatdi.
«Bugungi ğoyat tahlikali zamonning özi barçamizdan jamiyatimizdagi tinçlik va barqarorlik, millatlar va diniy konfessiyalar örtasidagi döstlik va totuvlik muhitini yanada qadrlab yaşaşni talab etmoqda. Heç qaçon unutmaylik, milliy birlik va hamjihatlik – bizning bebaho boyligimiz, barça yutuq va ğalabalarimizning mustahkam asosidir», deyiladi tabrik sözida.
Prezidentning ta’kidlaşiça, hozirgi murakkab davrda Vatan mustaqilligini, xalq osoyiştaligini asraş, iqtisodiy qudrat, Qurolli Kuçlar salohiyatini oşiriş, jahon hamjamiyati, avvalo, qöşni davlatlar bilan hamkorlikni kuçaytiriş, yoşlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalaş, ularni zararli ta’sirlardan himoya qiliş hal qiluvçi vazifa bölib qolmoqda.
«Fursatdan foydalanib, faşizm balosini bartaraf etişda jonbozlik körsatgan qardoş xalqlarni, barça ezgu niyatli insonlarni bugungi şonli bayram bilan samimiy tabriklab, ularga barqaror taraqqiyot va farovonlik tilaymiz», deyiladi tabrik sözida.








