Iroq qiruvçi samolyotlarining Iroq ğarbidagi Anbar viloyatiga zarbalar berişi davomida kamida 100 jangari yöq qilindi. Bu haqda Iroq qurolli kuçlariga iqtibos keltirgan holda "Sinxua" axborot agentligi xabar bermoqda.  

Axborot agentligi ma'lumotlariga köra, hammasi bölib 15 ta aviazarba amalga oşirilgan. Iroq qurolli kuçlari qöşma operatsiyalari qömondonligining ma'lum qilişiça, samolyotlar Bağdoddan şimolga tomon 180 km uzoqlikda joylaşgan Ana şahridagi jangarilar panagohlariga 11 ta aviazarba bergan. Bu zarbalar oqibatida 47 jangari yöq qilingan. Yana 4 ta zarba Bağdoddan 330 km uzoqda joylaşgan Al-Qaym şahriga berilgan. Bu zarbalar oqibatida 53 jangari yöq qilingan.

Bundan taşqari, hujum oqibatida terrorçi-xudkuşlarning uylari va bombalar işlab çiqariladigan obektlar vayron qilingan.