Toşkent şahrida "Kinematografiyani rivojlantiriş markazi" öz faoliyatini boşlagani haqida avval ham xabar bergan edik. Markazning tantanali oçiliş marosimi joriy yilning 3 may kuni bölib ötdi.
Taşkilot öz oldiga qöygan maqsad va vazifalaridan kelib çiqib, Özbekiston Davlat san'at va madaniyat instituti talabasi, yoş rejissyor Muxlisa Azizovaga qisqa metrajli filmni suratga olişga kömaklaşdi.

M.Azizovaning “U” nomli qisqa metrajli filmi şu yilning fevral oyida Toşkent şahrida suratga olinib, unda Ra'no Şodiyeva va Karim Mirxodiyev kabi taniqli kinoaktyorlar qatori, rossiyalik maşhur aktyor Dmitriy Dyujyev ham suratga tuşdi.
Mazkur film 70-Kann Xalqaro kinofestivaliga tavsiya qilinib, festivalning qisqa metrajli filmlar burçagida (Short Film Corner) köplab professional ijodkorlarning asarlari qatori namoyiş qilinadigan böldi.

Markaz taşabbusi bilan rossiyalik taniqli kino va teatr aktyori, rejissyor, «Brigada», «Ostrov» kabi serial va filmlarda boş qahramon obrazini yaratgan Dmitriy Dyujyev 7 may kuni Toşkent şahriga uçib keldi. Poytaxtda mehmon bölgan aktyor öşa kuni "Kinematografiyani rivojlantiriş markazi"da bölib, markaz binosi va uning faoliyati bilan batafsil tanişdi.
Aktyor 8 may kuni soat 11:00 da Özbekiston davlat san'at va madaniyat instituti talabalari uçun master-klass ötkaziş, hamda «U» qisqa metrajli filmni premera qiliş uçun Özbekiston davlat san'at va madaniyat institutida mehmon böldi. Ikki soatga yaqin talabalar bilan fikr almaşdi, ularga özining aktyorlik mahorati va sirlaridan sözlab berdi.

Aktyorning poytaxtimizda mehmon bölişi munosabati bilan "Kinematografiyani rivojlantiriş markazida" OAVlari xodimlari uçun matbuot anjumani bölib ötdi.
Toşkent şahridagi Özbekiston davlat rus akademik drama teatrida "U" filmining keng jamoatçilik uçun möljallangan taqdimoti bölib ötdi. Taqdimotdan söng D.Dyujyev özining yakka ijrosidagi «Yevgeniy Onegin» monospektaklini taqdim qildi.




















