«Kinematografiya sohasini yanada rivojlantiriş hamda mamlakatimiz tarixiga bağişlangan filmlar turkumini yaratişga doir çora-tadbirlar töğrisida»gi prezident qarori qabul qilindi. 

Qarorga köra, kinematografiya sohasini yangi bosqiçga kötariş, milliy davlatçilikning uç ming yildan ziyod tarixini, buyuk ajdodlar ilmiy, madaniy va ma’naviy merosini aks ettiruvçi filmlar turkumini işlab çiqarişni qöllab-quvvatlaş maqsadida 2024–2027 yillarga möljallangan «Tirik tarix» filmlar turkumini yaratiş dasturi tasdiqlandi. 

Dastur orqali vatan ozodligi va ravnaqi yölida kuraş olib borgan buyuk sarkarda va davlat arboblarining murakkab hayoti va davlatçilik faoliyatini xolis va haqqoniy körsatib beriş belgilandi. 

Şuningdek, quyidagilar tuzildi:

- Kinematografiyani rivojlantiriş va qöllab-quvvatlaş böyiça milliy komissiya (Milliy komissiya);

- Filmlarning ğoyaviy-badiiy saviyasini oşirişga kömaklaşuvçi milliy kengaş (Milliy kengaş). 

«Tirik tarix» dasturi doirasida:

- filmlar işlab çiqariş uçun kinoloyihalarni tayyorlaş böyiça tanlov taşkil etiladi va eng yaxşi kinoloyihalar tanlab olinadi;

- kinoloyihalarga muvofiq filmlar işlab çiqariş uçun taqdimot şaklidagi tanlovlar (pitçing) asosida kinokompaniyalar aniqlanadi.