Bolalar kontentini rivojlantiriş markazi buyurtmasi asosida suratga olinayotgan film uçun «Özbekfilm» kinostudiyasida alloma yaşagan davr muhitini aks ettiruvçi dekoratsiyalar barpo etilgan. Davlat rahbari tarixiy şahar devorlari, köça va bozor manzaralari, davr liboslari hamda suratga olişda foydalaniladigan buyumlarni közdan keçirdi.

Prezident kinoijodkorlar bilan muloqotda davlat milliy ruhdagi, buyuk ajdodlarimiz hayotiga bağişlangan filmlar yaratilişiga eʼtiborni yanada kuçaytirişini taʼkidladi. Bu yerda barpo etilgan dekoratsiyalarni yuqori baholab, ular tarixiy muhitni ekranda işonarli gavdalantirişga intilişdan dalolat ekanini qayd etdi. Boy tariximiz va allomalarimiz merosini kino tili orqali yoş avlodga yetkaziş, ularda öz ötmişiga qiziqiş va iftixor tuyğusini uyğotiş muhimligini taʼkidladi.

Filmda yoş Husayn ibn Abdullohning tabobatga muhabbati, ustozlariga sadoqati va insonparvarligi tasvirlanadi. Asar orqali bolalarga allomaning ilmga intilişi va şaxsiy fazilatlarini yaqindan tanitiş közda tutilgan.

«Husayn» filmini yaratiş Abu Ali ibn Sino ilmiy merosini çuqur örganiş va keng tarğib qiliş böyiça 2030-yilgaça möljallangan «yöl xaritasi»da belgilangan. Hujjatda alloma tavalludining 1050-yilligiga tayyorgarlik köriş ham nazarda tutilgan.
Prezident film ijodkorlariga muvaffaqiyatlar tiladi.

















