Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari topşiriğiga asosan, Kinematografiya agentligida kino sohasida töplanib qolgan muammolarni çuqur tahlil qiliş va ularga aniq yeçimlar işlab çiqişga bağişlangan işçi yiğiliş ötkazildi.

Unda Özbekiston Respublikasi Prezidentining madaniyat böyiça vakili Hasan Salihov, Prezident Administratsiyasi Kommunikatsiyalar departamenti boşliğining birinçi örinbosari Akramjon Fozilov, Vazirlar Mahkamasining Ijtimoiy rivojlaniş masalalari bölimi boşliği Rustam Azimov, Hisob palatasi raisi örinbosari Sardor Mirzayev, madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov, madaniyat vazirining birinçi örinbosari - Kinematografiya agentligi direktori Jahongir Ahmedov, Iqtisodiyot va moliya vazirining örinbosari Otabek Fozilkarimov, akademiklar Azamat Ziyo va Şuhrat Sirojiddinov, Bolalar kontentini rivojlantiriş markazi ijroçi direktori Zafar Yöldoşev, şuningdek, Adliya vazirligi hamda viloyat hokimliklarining mas’ul vakillari iştirok etdi.

Yiğilişda özbek kinosining bugungi holati, sohada töplanib qolgan moliyaviy, taşkiliy va huquqiy muammolar, kino infratuzilmasi, hududlardagi mavjud holat hamda kinematografiya sohasini rivojlantirişning yangi mexanizmlari muhokama qilindi.

Şuningdek, kino işlab çiqarişda faqat miqdor körsatkiçlarini oşiriş emas, balki sifatli, tomoşabop va xalqaro kinofestivallarda munosib iştirok eta oladigan filmlar yaratiş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Yiğiliş yakunida sohadagi mavjud muammolarni bartaraf etiş, belgilangan vazifalarni öz vaqtida va sifatli amalga oşiriş böyiça tegişli çora-tadbirlarni işlab çiqiş zarurligi qayd etildi.







