Janubiy Koreyaning bir palatali parlamentida (Milliy yiğiliş) yangi saylangan prezident Mun Je Inning qisqaça qasamyod qabul qiliş marosimi bölib ötdi.

Şundan söng u xalqqa murojaat qildi, bu jarayon televideniye orqali translyatsiya qilindi.

«Toburo» Demokratik partiyasi vakili Mun Je In prezidentlik saylovida 41,1 foiz (13,4 mln fuqaro) ovoz olib ğolib böldi va rasman yangi lavozimga kirişdi. Ommaboplik böyiça ikkinçi nomzod Xon Jun Pxyoni saylovçilarning 24,03 foizi (7,85 million kişi) qöllab-quvvatlagandi.

Janubiy Koreyada muddatidan oldingi prezidentlik saylovi

Yangi prezident rasman mamlakat qurolli kuçlari qömondonligini qabul qildi. Birinçi qadam sifatida boş qömondon Ştab boşliqlari qömitasi rahbarining KXDR bilan boğliq vaziyat haqidagi ma'ruzasini tingladi. U Koreya Respublikasi harbiylari jangovar şaylikni saqlab turgani va istalgan lahzada Şimoliy Koreyaning ehtimoliy provokatsion xatti-harakatlariga javob qaytarişga tayyorligini ma'lum qildi.

Yonhap agentligi ma'lumotiga köra, u mamlakat boş vazirligini Çolla-Namdo provinsiyasining 65 yoşli gubernatori Li Nak Yonga taklif qilgan.

U bugun hukumat tarkibini va öz ma'muriyatidagi tayinlovlarni e'lon qiladi.

Mamlakatda muddatdan ilgari saylov sobiq prezident Pak Kin He korruptsion mojaro tufayli impiçment qilinişi ortidan ötkazildi.

Mun Je In 2012 yilgi saylovlarda Pak Kin Hega kiçik farq bilan yutqazgandi. U avvalgi ma'muriyatlarni Şimoliy Koreyaning raketa va yadro qurollanişini töxtata olmaganliklari uçun tanqid qilib kelgan. In Şimoliy Koreya bilan bosim va sanksiyalarni saqlab qolgan holda ikki tomonlama muloqot olib borişni qöllab-quvvatlaydi.