Beeline’ning Özbekistondagi daromadi 2017 yilning birinçi çoragi yakunlari böyiça 2016 yilning xuddi şu davri bilan taqqoslaganda 7 foizga pasaydi – 153 mln. dollar. Mobil xizmatlar böyiça daromad 2017 yilning birinçi çoragida 152 mln. dollarni taşkil etdi. 2015 yilning şu davrida bu körsatkiç 164 mln. dollarga teng bölgan (-7 foiz). Kompaniya daromad tuşişini özbek sömi devalvatsiyasini bilan boğlagan, deb xabar tarqatdi Uzdaily.uz VEON kompaniyasi ma'lumotlariga asosan.

Hisobot davrida ma'lumotlar uzatiş xizmatidan daromad 40 mln. dollarni taşkil etdi, bu 2015 yilning şu davri bilan soliştirganda 10 foizga köproq.

2017 yilning birinçi çoragida EBITDA körsatkiçi (foizlar, soliqlar va amortizatsiyadan oldingi operatsion daromad) Özbekistonda 79 mln. dollarni taşkil etdi, bu 2016 yilning şu davri bilan taqqoslaganda 21 foizga kam.

Şu bilan birga, amaliyotlar marjinalligi 9,3 foiz punktiga pasaydi – 2017 yilning birinçi çoragi yakunlari böyiça 52 foizgaça.

Beeline’ning Özbekistondagi abonentlik bazasi 2017 yilning yanvar-mart oylari yakuni böyiça 9,5 mln. kişini taşkil etdi. Şu bilan birga, ma'lumotlar uzatiş xizmatlaridan 4,6 mln. kişi foydalanadi.

2017 yilning uç oyi yakunlari böyiça bir oyda bir abonent uçun mobil aloqa örtaça qiymati 5,3 dollarni taşkil etdi. 

MOU körsatkiçi (bir abonentning oyda işlatgan daqiqalar hajmi) – 2017 yilning birinçi çoragi yakunlari böyiça 537 daqiqani taşkil etdi.