Özbekiston Raqobatni rivojlantiriş va isteʼmolçilar huquqlarini himoya qiliş qömitasi Perfectum operatorining 100 foiz aksiyalarini VEON guruhi tomonidan sotib oliş böyiça bitimga şartlar asosida oldindan rozilik bergan. Bu haqda qömita axborot xizmati xabar qildi.
Bitimga rozilik oliş böyiça ariza VEON guruhiga kiruvçi, Birlaşgan Arab Amirliklarida röyxatdan ötgan “VEON UZB Holding Ltd” kompaniyasi tomonidan berilgan. Kompaniya Perfectum savdo belgisi ostida işlovçi “Rubicon Wireless Communication” AJ aksiyalarini töliq sotib olmoqda.
“VEON UZB Holding Ltd” Özbekistonda Beeline brendi ostida xizmat körsatuvçi “Unitel” MÇJning ham 100 foiz uluşiga ega.
Qanday şartlar qöyildi?
Qömitaning maxsus komissiyasi tahlillar asosida raqobatni taʼminlaşga qaratilgan quyidagi talablarni belgilagan:
- Perfectum kamida uç yil davomida alohida faoliyat yuritişi va 5G Standalone texnologiyasi boşqa hududlarga ham kengaytirilişi kerak;
- amaldagi abonentlar uçun 5G FWA - simsiz keng polosali internet tariflari 12 oy davomida saqlanişi, yangi abonentlarga qulay şartlar yaratilişi va internetning örtaça tezligi 300 Mbit/s dan pasaytirilmasligi lozim;
- abonentlarga şartnoma predmetiga aloqador bölmagan şartlar majburan yuklanmasligi, ularning boşqa mobil operatorlarga ötiş erkinligi çeklanmasligi kerak;
- abonentlar Beeline va VEON guruhiga tegişli raqamli platformalar xizmatlaridan foydalanişga majburlanmasligi, raqobatçi xizmatlardan foydalanişiga tösqinlik qilinmasligi lozim;
- xizmat körsatiş şartlari asossiz yomonlaştirilmasligi va abonentlar huquqlari himoya qilinişi kerak;
- abonentlarning şaxsiy va tijorat maʼlumotlari himoya qilinişi, ulardan raqobatni çeklaş maqsadida foydalanilmasligi hamda qonunçilikka zid ravişda xorijiy serverlarga uzatilmasligi şart.
Şuningdek, kompaniya zimmasiga “Raqobat töğrisida”gi qonun talablariga rioya qiliş va bozorda soğlom raqobat muhitini taʼminlaş majburiyati qöyilgan.
207 mln dollarlik bitim
19-oktabr kuni VEON Perfectum’ni töliq sotib oliş böyiça kelişuvga erişganini eʼlon qilgandi








