Hindistonning Rajaston ştatidagi Bxaratpur tumanida töy marosimi ötayotgan tantanalar zali devorining bir qismi qulaşi oqibatida 23 kişi halok böldi va 28 kişi jarohat oldi. Bu haqda Times of India naşri xabar bermoqda. 

Voqea 10 may keçki vaqt yuz bergan. 

Politsiyaçilarning ma'lum qilişiça, devor qulaşiga çang böroni sabab bölgan. Odamlar devor bölaklari ostida qolib ketişgan. Voqea joyida qutqaruvçilar iş olib bormoqdalar. Ularning işi yomon ob-havo şaroiti tufayli uzilib qolgan elektrning yöqligi sababli qiyin keçmoqda.   

Jarohatlanganlar mahalliy şifoxonalarga yetkazilganlar. Rasmiy ma'lumotlarga köra, halok bölganlar orasida 11 erkak, 8 ayol va 4 bola bor.