2017 yil 11 may kuni Toşkent şahrida “Özbekistonda işlab çiqaruvçi tadbirkor ayollarga taşqi iqtisodiy faoliyatini rivojlantirişdagi huquqiy kömak” mavzusida anjuman ötkazildi.

Tadbirdan közlangan maqcad Özbekistondagi işlab çiqariş bilan şuğullanuvçi tadbirkor xotin-qizlarning huquqiy savodxonligini oşiriş, ularning eksport faoliyatiga huquqiy yordam berişning me'yoriy-huquqiy, metodologik va amaliy jihatlarini tahlil qiliş böldi.

Anjuman “Tadbirkor ayol” Özbekiston işbilarmon ayollar assotsiatsiyasi va Fridrix Ebert nomidagi jamğarmaning Özbekistondagi vakolatxonasi tomonidan taşkil etildi. Unda “Tadbirkor ayol” assotsiatsiyasining mintaqaviy bölinmalari a'zolari, eksport bilan şuğullanuvçi tadbirkorlar, mahalliy va xalqaro ekspertlar, OAV vakillari qatnaşdilar.

Tadbirda Özbekiston Respublikasi Taşqi savdo vazirligi, Davlat soliq qömitasi, Davlat bojxona qömitasi kabi davlat organlari mas'ul xodimlarining yurtimizda tadbirkorlik sub'yektlariga, xususan, eksport operatsiyalarini amalga oşiriş yönalişida yaratilayotgan imkoniyatlar va imtiyozlar, preferensiyalar yoritilgan ma'ruzalari tinglandi.

Eksport bilan şuğullanuvçi tadbirkorlar ham tadbirda sözga çiqib, mahalliy işlab çiqaruvçilarning eksport faoliyatini rivojlantiriş oldida turgan amaliy muammolar va ularning yeçimlari yuzasidan öz fikr-mulohazalarini bildirdilar. Bildirilgan takliflar davlat idoralari vakillari tomonidan qiziqiş bilan qabul qilindi.

Anjumanda sözga çiqqan Fridrix Ebert nomli jamğarmaning Özbekiston va Qozoğistondagi mintaqaviy direktori Xenriyette Kifer bu boradagi xorijiy tajriba bilan örtoqlaşdi. 

Konferentsiya qatnaşçilari respublikada eksport parametrlarini bajarilişini ta'minlaş, eksport geografiyasini kengaytiriş, eksport qilinadigan  mahsulotlar hajmlari va turlarini köpaytiriş asosida mamlakatning eksport salohiyatini yanada oşiriş böyiça amalga oşirilayotgan çora-tadbirlardan boxabar böldilar. Şuningdek, tadbirda “Eksport operatsiyalarida valyuta aylanmasi” va “Özbekistonda mahalliy işlab çiqaruvçilarning eksport salohiyatini kengaytirişda moliyaviy va konsultativ qöllab-quvvatlaşning örni” mavzulari yuzasidan ham bahs-munozaralar ötkazildi.

Anjuman yakunida iştirokçilar unda kötarilgan mavzular yuzasidan tavsiyalar işlab çiqdilar va qabul qildilar.