2017 yilning 11 may kuni Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vazirligida Özbekiston-Qozoğiston vazirliklararo maslahatlaşuvlari bölib ötdi. Unda qatnaşiş uçun Qozoğiston Respublikasi Taşqi işlar vazirligi Konsullik xizmati departamenti direktori Ardak Madiyev boşçiligidagi delegatsiya Toşkent şahriga taşrif buyurdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Konstruktiv ruhda ötgan maslahatlaşuvlar çoğida konsullik sohasidagi ikki tomonlama munosabatlarning hozirgi holati atrofliça muhokama qilindi, tomonlar fuqarolarining huquq va erkinliklarini himoya qiliş, fuqarolik, oilaviy va jinoyat işlari böyiça huquqiy yordamning amaliy jihatlari, Özbekiston bilan Qozoğiston örtasidagi kelişuvlar hamda xalqaro konvensiyalarning bajarilişi körib çiqildi.

Uçraşuvda delegatsiyalar mazkur sohada, jumladan migratsiya masalalari böyiça ikki davlat qonunçiligida kuçga kirgan özgartirişlar töğrisidagi ma'lumotlar bilan ham almaşişdi.