«Çelsi» Angliya Premer-ligasining 37-turi doirasida «Vest Bromviç Albion» bilan bahsda (1:0) ğalaba qozondi. Şu tariqa, London jamoasi APL tarixida beşinçi bor va Angliya çempionati tarixida oltinçi bor çempion böldi.

«Çelsi» boş murabbiyi Antonio Konte esa Premer-ligada özining ilk mavsumida ğolib çiqqan törtinçi murabbiyga aylandi. Undan avval bu öziga xos natijani Joze Mourinyu («Çelsi», 2004/05), Karlo Ançelotti («Çelsi», 2009/10) va Manuel Pellegrini («Mançester Siti», 2013/14) qayd etgandi.

Bundan taşqari, Konte APLda ğolib çiqqan italiyalik törtinçi mutaxassisga aylandi. Undan avval Ançelotti, Roberto Mançini va Klaudio Raneri ham ğalaba naşidasini surişgan.