Insoniyatning iqlim böyiça Parij kelişuvi şartlarini bajarmasligi 5-7 yildan keyin sayyoramizdagi köplab hududlarning muzliklar erişidan suv ostida qolişiga olib keluvçi global isiş jarayoni boşlanişiga sabab bölişi mumkin. Bundan Avstraliyadagi Melburn universiteti olimlari Endryu King va Benjamin Xili ogohlantirişmoqda.
Olimlar 2015 yilda imzolangan Parij kelişuvi bekor qilinsa yoki davlatlar uning şartlarini bajarişdan boş tortsalar, Yerda yuz berişi mumkin bölgan global isiş oqibatlarining barça variantlarini körib çiqdilar. Mutaxassislarning xulosalari xursand bölişga arzigulik emas: agar taxmin qilinayotgan jarayon yuz bersa, unda issiqxona buğlari miqdorining keskin oşişi sababli 2024 yilda sayyoramizdagi havo harorati örtaça 1,5 darajaga kötariladi.
Bu esa Arktikadagi muzliklar erişi va Dunyo okeani sathining kötarilişi, söngra sayyoramizdagi köplab hududlarning suv ostida qolişi va insoniyatning tanazzuliga olib kelişi mumkin. Şuningdek, iqlim zonalari surilişi, köplab şaharlar yöq bölib ketişi, ularning aholisi esa halokatga mahkum bölişi mumkin.












