Astronomlar Quyoş tizimidan taşqarida 6000 dan ziyod sayyora - ekzosayyorani aniqlagan. Ular orasida ulkan gaz dunyolari, yulduziga juda yaqin joylaşgan qaynoq sayyoralar va Yerga ayrim jihatlari bilan öxşaydigan osmon jismlari bor.
Ayniqsa, yulduzining yaşaşga yaroqli zonasida joylaşgan sayyoralar katta qiziqiş uyğotadi. Bu atama tegişli atmosfera va boşqa zarur şaroitlar mavjud bölsa, sayyora yuzasida suyuq suv saqlanişi mumkin bölgan masofalar oraliğini anglatadi. Bunday zonada joylaşişning özi sayyorada okean yoki hayot borligini bildirmaydi.
TOI-700 d 2020-yilda kaşf etilgan. U Quyoşdan kiçikroq va sovuqroq qizil mitti yulduz atrofida aylanadi. Uning bir yili 37,4 Yer kuniga teng. NASA arxividagi yangilangan bahoga köra, sayyoraning diametri Yernikidan taxminan 14,5 foiz katta.
TOI-700 dning diqqatga sazovor jihati - nisbatan sokin, öta kuçli faollik körsatmaydigan yulduzning yaşaşga yaroqli zonasida joylaşganidir. Qizil mitti yulduzlar atrofidagi sayyoralarni örganişda bu muhim omil hisoblanadi.
Bunday yulduzlarning nurlanişi sayyora atmosferasiga taʼsir qilişi mumkin. Şuning uçun olimlar suyuq suv uçun mos haroratdan taşqari, atmosferaning saqlanişi va yulduz faolligini ham hisobga oladi.
Agar TOI-700 dda okeanlar va yetarli atmosfera bölsa, u yerda nisbatan barqaror muhit mavjud bölişi mumkin. Biroq uning haqiqiy yuzasi qanday körinişda ekani nomaʼlum. Bu dunyo bizdan 100 yoruğlik yilidan ham uzoqda - hatto yoruğlikning özi unga yetib boriş uçun bir asrdan köproq vaqt sarflaydi.
TRAPPIST-1e 2017-yilda aniqlangan. Uning diametri Yernikining taxminan 92 foiziga, massasi esa 69 foiziga teng. Bu toşli sayyoraning eng qiziq xususiyatlaridan biri - yulduzi atrofini atigi 6,1 Yer kunida aylanib çiqişidir. Demak, u yerda bir yil bir haftaga ham yetmaydi.
Sayyora öz yulduziga juda yaqin joylaşgan. Ular orasidagi masofa Yer bilan Quyoş orasidagi masofaning atigi 2,9 foizini taşkil etadi. Biroq TRAPPIST-1 yulduzi Quyoşdan ança sovuq va xira bölgani uçun bunday yaqinlik sayyorani avtomatik ravişda yaşaşga yaroqsiz qilmaydi.
Tizimdagi sayyoralar, ehtimol, yulduziga doimo bir tomoni bilan qarab turadi. Bu holat priliv qulflanişi deb ataladi. Agar şunday bölsa, TRAPPIST-1yening bir yarmida doim kunduz, ikkinçi yarmida esa doim tun hukm suradi.
















