Olimlar taxminan 11,5 yoruğlik yili uzoqlikda joylaşgan GJ 725A qizil mitti yulduz tizimidan 45 megagers çastotali sirli radiosignalni qayd etdi. Bu - yulduz tizimidan kelgan kogerent radionurlanişning şu paytgaça işonçli qayd etilgan va tasdiqlangan eng past çastotali signali.

Kaşfiyotni Niderlandiya radioastronomiya instituti va Amsterdam universiteti mutaxassislari ham kirgan xalqaro astronomlar jamoasi amalga oşirdi. Signal LOFAR radioteleskopi yordamida osmonni keng kölamda kuzatiş paytida aniqlandi.

Radiotölqinlar kuçli doiraviy qutblanişga ega ekani maʼlum böldi - bu körsatkiç taxminan 74 foizni taşkil etdi. Signal 42–50 megagers diapazonida aniqlangan: u bir soatlik kuzatuv davomida saqlangan, biroq boşqa kuzatuv davrlarida qayd etilmagan. Tadqiqotçilar iş natijalarini arXiv.org saytidagi preprintda taqdim etdi.

Aniq astronomik tahlil radiotölqinlar manbai aynan GJ 725A yulduzi bilan boğliq ekanini, uning hamroh yulduziga tegişli emasligini tasdiqladi. Signalning yorqinligi nihoyatda yuqori bölgani sababli olimlar odatiy nurlaniş mexanizmlarini darhol istisno qildi. Ular bu yerda Quyoş tizimidagi ulkan sayyoralarda qutb yoğdularini yuzaga keltiradigan maxsus fizik jarayon amal qilayotgan, degan xulosaga keldi.

Hozirça astronomlarda bu sirli signalning kelib çiqişi haqida uçta asosiy taxmin bor. Birinçidan, manba yulduz atrofida keng orbita böylab aylanayotgan, hali kaşf etilmagan yirik sayyoradagi qutb yoğdusi bölişi mumkin.

Şu bilan birga, bunday faraziy yirik sayyoraning kuçli magnit maydoniga ega bölişining özi yetarli emas. Hisob-kitoblarga köra, sayyora yulduzdan ança uzoqda bölsa, yulduz şamoli kerakli quvvatdagi radionurlanişni hosil qilişga yetmaydi. Şu sababli mualliflar bunday sayyoraning faol vulqonlarga ega tabiiy yöldoşi bölişi mumkinligini taxmin qildi. Bunga Quyoş tizimidagi Yupiterning Io yöldoşi öxşaş misol böla oladi.

Ikkinçidan, radioçaqnaş yulduzning içki faolligi tufayli yuzaga kelgan bölişi mumkin. Biroq bu obyektning odatiy faolligi juda past hisoblanadi: u öz öqi atrofida taxminan 103 kunda bir marta aylanadi va faolligi nihoyatda sust deb baholanadi.

Uçinçidan, radiotölqinlar yulduz bilan avvaldan maʼlum bölgan kiçik toşli GJ 725Ab sayyorasi örtasidagi doimiy magnit özaro taʼsir natijasida paydo bölişi mumkin. Bu sayyora yulduz atrofini atigi 11 sutkada töliq aylanib çiqadi.

Biroq bu taxminni izohlaş qiyin. GJ 725Ab massasi Yer massasining 2,8 ± 0,4 baravariga teng. Keng tarqalgan modellarga köra, bunday kuçli radiosignalni hosil qiliş uçun zarur magnit maydoniga ega bölişga sayyoraning massasi juda kamlik qiladi.