Özbekiston çempionatining 10-turidan örin olgan uçraşuvlar nihoyasiga yetdi. Turning sönggi uçraşuvlarga Toşkent va Muborak mezbonlik qildi.

Toşkentda bölib ötgan uçraşuvda «Lokomotiv» Navoiyning «Qizilqum» jamoasini qabul qilib, işonçli ğalabani qölga kiritdi. Uçraşuvda mehmonlar hisobni oçişi mumkin edi. Biroq Ilhom Yunusov penaltidan foydalana olmadi. Buni esa Marat Bikmayev jazoladi. 67-daqiqa Bikmayev öziga nisbatan işlatilgan qöpollikdan söng belgilangan penaltini aniq amalga oşirib, jamoasini hisobda oldinga olib çiqdi. 73-daqiqada esa Jaloliddin Maşaripov tomonidan kiritilgan gol «temiryölçilar» ğalabasini mustahkamladi.

Uşbu ğalabadan keyin «Lokomotiv» hisobidagi oçkolar soni 22taga yetdi. Jamoa «Qöqon»dan bitta öyin kam ötkazgan holda, ulardan 3 oçko oldinda bormoqda. «Qizilqum» esa 10 uçraşuvda 10 oçko töplab 13-poğonada qoldi.

Yana bir uçraşuvda «Maş'al» va «Olmaliq» jamoalari özaro röbaro‘ kelib, nursiz durang qayd etişdi.

Oliy liga, 10-tur

«Lokomotiv» – «Qizilqum» 2:0 (0:0)
Gollar: Marat Bikmayev (67-pen), Jaloliddin Maşaripov (73).
Noaniq penalti: Ilhom Yunusov (56, Qizilqum)
«Lokomotiv»: Ignatiy Nesterov, Kaxi Maxaradze, Marat Bikmayev, Sardor Mirzayev, Salim Mustafoyev (Oleg Zoteyev, 61), Temur Kapadze (Quvondiq Röziyev, 79), Islom Töxtaxöjayev, Şuhrat Muhammadiyev, Muhammad Kone, Diyor Turopov (Murod Bobojonov, 61), Jaloliddin Maşaripov.
«Qizilqum»: Artyom Makosin, Şukurali Pölatov, Erkin Boydullayev, Vohid Şodiyev (Azamat Allaniyozov, 76), Fayzullo Qambarov, Artur Gevorkyan, Jasur Hasanov, Ğayrat Jumayev (Akmal Rustamov, 85), Şerali Jörayev, Ilhom Yunusov, Bekzod Ğanijonov (Otabek Zokirov, 58).
Ogohlantirişlar: Islom Töxtaxöjayev (20), Kaxi Maxaradze (25), Diyor Turopov (28), Temur Kapadze (56) – Erkin Boydullayev (24), Artur Gevorkyan (49).

«Maş'al» – «Olmaliq» 0:0
Noaniq penalti: Sardor Rahmonov (74, Maş'al)
«Maş'al»: Javohir Ilyosov, Sardor Rahmonov, Xumoyun Murtazoyev, Şahzod Şaymanov, Bobur Qosimov, Abbos Şodmonov (Iskandar Şoyqulov, 28), Zohir Qöziboyev, Avaz Agaliyev, Abdulloh Olimov (Mirzakamol Kamolov, 29), Zafar Törayev, Igor Timanyuk.
«Olmaliq»: Xurşid Xöjayev, Abduqahhor Xojiakbarov, Dilşod Jörayev (Şota Grigalaşvili, 89), Zabihillo Örinboyev (Şohnazar Norbekov, 76), Farxod Musaboyev, Kamoliddin Murzoyev, Şavkat Mullajonov, Islom Inomov, Ğulomhaydar Ğulomov, Rahmatillo Berdimurodov, Vladislav Kasminin.