Özbekiston çempionatining sönggi turidan örin olgan «Lokomotiv» va «Bunyodkor» jamoalari uçraşuvidan söng mezbonlar boş murabbiyi Mirko Yyeliçiç öz fikrlari bilan örtoqlaşdi.
Fotojamlanma. «Lokomotiv» derbida «Bunyodkor»ni yengdi va çempionlikni nişonladi
«Mavsumdan ajoyib taassurotlar qoldi. Jamoamiz mavsum davomida juda katta kölamdagi işlarni amalga oşirdi. Öyin bobida ham, jismoniy holat böyiça ham, ruhiy tomonlama ham bir maromda çempionatni ötkazdik. Kubok finali odidan çempionatning oxirgi uçraşuvini aynan «Bunyodkor» bilan öynaganimiz yaxşi böldi. Çempionatni a'lo darajada yakunladik. Endi oltin dublni qayd etiş uçun finalda ğalaba qozonişimiz kerak.
Qaçon PRO litsenziyasi olaman? Albatta Pro litsenziyani qölga kiritiş rejasi bor. Hozirça jamoa bilan işlab unga öqişga vaqt bölmayapti. Şu boisdan ham hozirça Pro litsenziyani olişga ulgurganim yöq. Kelajakda albatta uşbu litsenziyani qölga kiritaman. Men 13 yildan buyon heç qanday tanaffussiz işlab kelmoqdaman. Eng muhimi bu jamoa bilan birga işlaş. 20 yildan buyon professional klublarda faoliyat olib bormoqdaman. Eng yaxşi öqiş bu amaliyot, kompyuter oldida ötirib nimanidir örganiş mumkin, lekin amalda uni qöllab körmasangiz foydasi yöq.
Özimizga mos legionerlarni tanlab oliş juda qiyin bölyapti. Bu ança oğriqli masala. Misol uçun, bizda skautlar yöq. Şu boisdan ham futbolçilarni YouYube‘dagi roliklarini körib ularni jalb qilamiz. Lekin bu aldamçi taassurot böladi. Masalan Marat Bikmayevni eng sara öyinlarini qirqib, rolik qilib yasasangiz, unga «Real Madrid» jamoasi qiziqib qolgan bölardi.
Çempionat yakunlangan bölişiga qaramasdan, tarkibimizdagi barça 22 futbolçi ayni vaqtda futbol öynaşga tayyor bölib turibdi. Nega? Çunki bizda hammasi juda töğri yölga qöyilgan. Mavsumni jarohatlarsiz yakunlaş qiyin. Köplab jamoalarda çempionat oxiriga kelib jarohatlar köpayadi. Bizda esa barça futbolçilarning jismoniy holati yaxşi», deya gapirib ötgan Yyeliçiç.












