Markaziy Afrika Respublikasidagi Bangasu şahrida BMT missiyasi xodimlari şaharni egallab olgan jangari xristianlardan masjidda yaşirinib olgan mingga yaqin musulmonni u yerdan olib çiqişga muvaffaq böldilar. Bu haqda missiyaning rasmiy vakili Erve Verxuzel ma'lum qildi.
13 mayga ötar keçasi yuzlab qurollangan jangarilar Bangasuga hujum qilişgan. Bu hujum oqibatida 30 ga yaqin odam, jumladan marokaşlik tinçlikparvar askar halok bölgan. Şaharda yaşovçi musulmonlar qirğindan saqlanib qoliş maqsadida masjid va "Çegara bilmas şifokorlar" gumanitar taşkiloti şifoxonasiga yaşirinib olişgan.
Musulmonlar jangarilardan bir neça kun masjidda yaşirinişlariga töğri kelgan. Yaqinda masjiddan oxirgi 250 kişi olib çiqildi va u yerda heç kim qolmagan. Birinçi bölib ayollar va bolalar olib çiqilgan. Odamlarni evakuatsiya qiliş vaqtida tinçlikparvar kuçlarga xristianlarning qurollangan militsiyasi "Anti-balaka" otryadlariga qarşi qurol işlatişlariga töğri kelgan, ularni havodan vertolyot qöllab turgan, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.












