Bugun, 17 may kuni Alişer Navoiy nomidagi Özbekiston Milliy kutubxonasida Özbekiston Xalq şoirasi Halima Xudoyberdiyevaning tavallud ayyomiga bağişlangan tadbir taşkil etildi. Unda davlat arboblari, yozuvçi va şoirlar, teatr va kino ijodkorlari, şoiraning yaqin insonlari iştirok etişdi.
Tadbirda özbek san'ati va adabiyotini rivojlantiriş, yoş avlodni milliy va umuminsoniy ğoyalar, Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalaş işiga katta hissa qöşgani, köp yillik samarali ijodiy faoliyati hamda tavalludining 70 yilligi munosabati bilan Halima Xudoyberdiyeva Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev tomonidan «El-yurt hurmati» ordeni bilan mukofotlandi. Mazkur ordenni Özbekiston Prezidenti Davlat maslahatçisi Xayriddin Sultonov topşirdi.
"Kun" muxbiri mazkur tadbirdan tayyorlangan maxsus fotoreportajni taqdim etadi.

Ma'lumot örnida: Halima Xudoyberdiyeva 1947 yil 17 mayda Sirdaryo viloyatining Boyovut tumanida, dehqon oilasida tuğilgan. 1972 yilda hozirgi Özbekiston milliy universitetining jurnalistika fakultetini tugatgan. 1972-1994 yillarda “Saodat” jurnalida turli lavozimlarda işlagan.
1990-1994 yillarda Özbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qömitasi raisi, 1996-1998 yillarda “Yozuvçi” naşriyoti boş muharriri, 1998-2003 yillarda “Sanam” jurnali boş muharriri bölib faoliyat yuritgan. 1992 yilda esa unga «Özbekiston xalq şoirasi» degan yuksak unvon berilgan.
Kitoblari: «Ilk muhabbat» (1968), «Oq olmalar» (1973), «Çaman» (1974), «Suyanç toğlarim» (1976), «Bobo quyoş» (1977), «Issiq qor» (1979), «Sadoqat» (1983), «Muqaddas ayol» (1987), «Yuragimning oğriq nuqtalari» (1991), «Hurlik öti» (1993), «Bu kunlarga yetganlar bor» (1994), «Tömarisning aytgani» (1996) va boşqalar.

















