Bugun, 17 may kuni Yozuvçilar uyuşmasida Özbekiston xalq şoirasi Halima Xudoyberdiyeva xotirasiga bağişlangan «Qança şoning bölsa vatanni kötar» nomli tadbir taşkil qilindi.
Xotira tadbirida şoir va yozuvçilar, san'at va ilm-fan sohasi vakillari, şoiraning oila a'zolari va muxlislari, yoşlar, OAV xodimlari iştirok etdi.


Kun.uz muxbirining xabar berişiça, söz olganlar Halima Xudoyberdiyevaning ijodiy va mehnat faoliyati, özbek şe'riyatiga qöşgan hissasi haqida öz fikrlarini bildirişdi, şuningdek, şoiraning şe'rlaridan öqildi.
— «Ijodning mahsuli ijodkordan baland bölolmaydi. Kişining şaxsi qançalik butun bölsa, uning ijodi ham butun, şaxsiyati butun bölmagan kişining esa ijodi ham nomukammal böladi.
Halima Xudoyberdiyeva özbek adabiyotida şaxsi butun ijodkorlardan biri edi. Şoira juda yirik tuyğular egasi edi. U kişi nafaqat özi, balki dunyolarga siğmay ketgan tuyğularini şe'rlarida aks ettirişga va öşa tuyğulari orqali jamiyatni, millatni yuksaltirişga, yerning balçiqlari va yerning kirlaridan uni uzişga, sen ham insonsan, sen ham buyuk işlarga munosibsan, degan tuyğuni ularning köngliga siğdirişga harakat qilgan va buning uddasidan çiqqan şoira edi.
Töğrisini aytsam, biz va bizning adabiyotşunosligimiz hali Halima Xudoyberdiyevaning ijodi suvlangan manbaalarini, qaynoqlarini va uning aynan şu tarzda yozişiga sabab bölgan omillarni, ildizlarni topa olganimiz yöq.
Şoiraga faqat Abdulla Oripovgina özining dohiyona balandligidan turib, «Turkiston onasi» deb bergan ta'rifi qoldi», – deydi pedagogika fanlari doktori, professor Qozoqboy Yöldoşev. — Halima Xudoyberdiyeva – yuragida yölbars ökirib, sirtdan mayin jilmaygan, yirik şaxsiyat egasi edi. Ammo şunday kuçli tuyğularini ham özbek ayoliga xos tarzda, andişa bilan aytardi.


Xotira tadbirida şoiraning şe'riyatga bölgan sadoqati ham e'tirof etildi. Jumladan, Halima Xudoyberdiyevaning singlisi Rahima Xudoyberdiyevaning aytişiça, şoira «boşida qora bulutlar kezgan yillar» davomida ham şe'riyatdan voz keçmagan, yozişdan töxtamagan.

















