Özbekiston xalq şoirasi Halima Xudoyberdiyeva vafot etdi. Bu haqda Kun.uz manbalari xabar berdi.
Halima Xudoyberdiyeva 1947 yil Sirdaryo viloyati Boyovut tumanida tuğilgan. Özbekiston xalq şoirasi (1992). Toşkent davlat universitetining jurnalistika fakultetini tugatgan (1972). «Saodat» jurnalida adabiy xodim, bölim mudiri (1972-75), boş muharrir örinbosari va boş muharrir (1982-94), Yoşlar naşriyotida bölim mudiri (1978-82), Özbekiston xotin-qizlar qömitasi raisi (1990-94), «Yozuvçi» naşriyotida yetakçi muharrir (1996-98), «Sanam» jurnalida boş muharrir örinbosari (1998-2003), 2004 yildan «XXI asr» gazetasida bölim muharriri bölib işlagan.
Halima Xudoyberdiyevaning ilk şe'rlari öquvçilik yillarida Yangiyer tuman gazetasida bosilgan (1964). Şundan keyin uning «Ilk muhabbat» (1968), «Oq olmalar» (1973), «Çaman» (1974), «Suyanç toğlarim» (1976), «Bobo quyoş» (1977), «Issiqqor» (1979), «Sadoqat» (1983), «Muqaddas ayol» (1987), «Bu kunlarga yetganlar bor», «Hurlik öti» (1993), «Tömarisning aytgani» (1996) «Yöldadirman» (2005) va boşqa şe'riy kitoblari naşr etilgan.
Halima Xudoyberdiyevaning şe'rlari köplab xorijiy tillarga tarjima qilingan. Töfon Minnullinning «Alla» pesasi Halima Xudoyberdiyevaning avtorlaştirilgan tarjimasida hozirgi Özbek milliy akademik drama teatri sahnasida qöyilgan.
U Fazu Aliyeva, Silva Kaputikyan, Ibrohim Yusupov ijodidan tarjimalar qilgan.
1-çaqiriq Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati. Hamza nomidagi Özbekiston Davlat mukofoti laureati (1990).
Halima Xudoyberdiyeva
BILMASLAR
Kördim qişloq, gözal şaharlar kördim,
Ohorlari ketib borar, bilmaslar.
Jamalaksoç pari-paykarlar kördim,
Bahorlari ketib borar, bilmaslar.
Tugmak bölsa yetmas belboğ uçlari,
Dunyo molin mahkam tişlar tişlari,
Boğlarining şirinzabon quşlari –
Olqorlari ketib borar, bilmaslar.
Otlari-ya, qorabayir otlari








