Rossiya prezidenti Vladimir Putin ayni vaqtda Italiya boş vaziri Paolo Jyentiloni bilan uçraşuv ötkazmoqda.

Jurnalistlar uçun ötkazilayotgan brifingning asosiy mavzusi Sergey Lavrov hamda Donald Trampning uçraşuvi böldi. Jurnalistlar Putindan katta yettilik mamlakat rahbarlari uçraşuvida Italiya boş vaziriga qanday ma'lumot bergani haqida söraşdi.

«Italiya tomonga qanday ma'lumot yölladim? Keçirasiz, bu öta maxfiy ma'lumot. Uni sizga ayta olmayman»,- dedi Putin.

Özining siyosiy hazillari va qoçirimlari bilan maşhur bölgan Putin bu bilan Lavrovning AQŞga taşrifidan keyin avj olgan ğala-ğovurga işora qilgandi. Mavzuni davom ettirar ekan Putin AQŞdagi barça yomon narsalarda Rossiyani ayblaşlari xunuk iş ekanini ta'kidladi: «Ular AQŞdagi murakkab siyosiy vaziyatda Rossiyani ayblaşmoqda. Bu holatda ikkita taxmin bor. Birinçidan, ular mamlakatdagi holatni tuşunişmayapti. Bunday holatda ular ahmoq bölişadi. Yoki ular hammasini bilib, bizni ayblaşmoqda. Bu holatda ular juda xavfli»,- deydi Putin.

Avvalroq Putin Lavrov unga heç qanday ma'lumotlar keltirmaganini aytib hazillaşgan va bu uçun vazirni jazolaş kerak ekanini qöşimça qilgandi.