Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakat tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashuvi va unga berilgan ma'lumotlar haqida hazilomuz fikr bildirdi.
«Lavrov olib kelgan ma'lumotlarini men bilan ham, maxsus xizmat vakillari bilan ham baham ko‘rgani yo‘q. Bu uchun unga tanbeh berish kerak», degan Putin.
Tramp Lavrovga maxfiy axborotlarni bergan, demokratlar g‘azabga keldi
Avvalroq Tramp Lavrovga Isroilning IShID ichidagi josusi tomonidan berilgan ma'lumotlarni yetkazgani va shu sabab isroillik josusning hayoti xavf ostida qolgani xabar qilingandi.
Tramp o‘ta maxfiy ma'lumotlarni Rossiya bilan bo‘lishgani rost ekanini tan oldi
AQSh matbuoti bu xabarlarda terrorchilarning aviaparvozlar vaqtida portlovchi moddalarni noutbuklarda yashirib o‘tishi mumkin ekani aytilgan deb yozgandi.
Tramp Lavrovga qanday maxfiy ma'lumotni taqdim qilgani oshkor bo‘ldi
















