Men 1930 yilda Rossiya Federatsiyasida tuğilganman. Millatim rus. 1955 yilda taqdir taqozosi bilan Toşkent viloyatining Qibray tumaniga kelib, muqim yaşab kelyapman. Uç nafar farzandim bor. Hozirda ularning hammasi uyli-joyli bölib ketişgan. Turmuş örtoğim 1974 yilda oğir kasallik tufayli olamdan ötgan. Unga qadar turmuş örtoğim bilan «Qibray» sovxozida mehnat qilganmiz. Hozirda nafaqadaman, 300.000 (uç yuz ming) sömdan ziyod nafaqa olaman.

Endi Sizning saytingizga murojaat etişga majbur etgan voqea töğrisida batafsil töxtalsam.

Joriy yilning fevral oyida xonadonimga özini «Qibray tuman gazlaştiriş idorasidanman», deb taniştirgan Sultonmurod ismli bir kimsa kirib keldi. U uyimga örnatilgan elektron gaz hisoblagiçini közdan keçirib, tomdan taraşa tuşgandek: «Hisoblagiçingiz köpdan buyon işlamayotgan ekan, nega bundan bizni xabardor etmadingiz?», deb söradi.

Men unga: «Bu bölişi mumkin emas! Har oyda nazoratçilar kelib, tekşirib ketişadi», deyişim hamono Sultonmurodning fiğoni falakka çiqdi: «Hisoblagiçingiz işlamayotgani uçun tezda 2.000.000 (ikki million) söm pul berasiz! Bölmasa, hoziroq gazingizni öçirib ketaman!», — deb turib oldi.

Men içkariga kirib, 2016 yil 10 oktabrda hisoblagiç davlat qiyoslaş körigidan ötkazilgani va uning kafolat muddat 2020 yilga qadar ekanini tasdiqlovçi kafolat sertifikatini olib çiqdim.

Sultonmurod sertifikatga köz yugurtirgan bölsa-da, öz şaştidan qaytmadi. Örtaga qöni-qöşnilar aralaşişiga töğri keldi:

— Hoy, sizda insof bormi özi?! Mana şunday sovuqda 87 yoşli qariya gazsiz qanday ötiradi?

— Bu meni qiziqtirmaydi! Hisob-kitob qilgani men ertaga kelaman. Aytgan pulni tayyorlab qöying! Ertaga yoşingizga qarab ötirmayman.

Şu kuni qattiq asabiylaşganim tufayli qon bosimim 220 ga çiqib ketdi. Tuni bilan mijja qoqmadim: axir gazning pulini doimo tölab turgan bölsam...

Qizimni çaqirtirib, ukol oldim va unga bölgan voqeani boriça aytib berdim. Qizim esa, öz örnida, turmuş örtoğiga aytib beribdi. Ertasi kuni kuyovim tuman gazlaştiriş idorasiga borib idora boşliği Abdujamil Jörayev qabuliga kiribdi va undan şu gaplarni eşitibdi:

— Sultonmurod va boşqa ön uç nafar xodimni bugun işdan böşatib yubordim. Agar gaz hisoblagiçingiz işlamayotgan bölsa, unda Sanjarga uçraşing, — deb boşliq Sanjarning telefon raqamini yozib beribdi.

Nihoyat, kuyovim Sanjarni topib, unga bor gapni tuşuntiribdi..

— Döstlik, 19-xonadonda men ham bölganman. Heç kim qariyaga tovlamaçilik qilgani yöq. U bilan gaplaşgan gaplarimizni diktofonga yozib olganmiz.

Kuyovim Sanjarga har qanday odamning ovozini beruxsat yozib oliş, videoyozuv va tasvirga oliş qonunga zid ekanini eslatib qöyibdi.

— Ertaga qaynonangizning uyiga odam jönatib, bu masalani hal etamiz, — deb va'dani quyuq qilibdi Sanjar Almatov.

Biroq Sanjarning odamlari ertasiga ham, ön kundan keyin ham xonadonimga kelişmadi. Navröz bayramidan keyin kuyovim yana Sanjarning huzuriga borişga majbur böldi. U hamon yolğon va'dalarni berişdan çarçamas edi:

«Bu yoğda iş köpayib ketdi, bu yoğda har kuni komissiya keladi. Bugun, albatta, borişadi».

«Toşkentgazta'minot» unitar korxonasining Qibray tumani filialida bölinma boşliği bölib işlovçi Sanjar Almatovning va'dasiga işonmay qöygan kuyovim meni bu gal ogohlantirmagan edi. Şundan bölsa kerak, Sanjarning qölida işlaydigan Alişer Qosimovning «taşrifi»dan bexabar qolibman.

Mening quloğim yaxşi eşitmaydi. Maxsus apparat yordamida gaplaşaman. Şu bois, Alişerning çaqiruvlarini eşitmabman. Unga qöşnilarim mening quloğim oğirligini aytganiga qaramay, uning xunobi oşib, eşikni buzibdi va içkariga kiribdi. Uning ortidan qöni-qöşnilar kirişgan. Alişer hisoblagiçni turgan joyidan buzib, gazni butunlay öçirib qöymoqçi böpti.

Yon qöşnim meni yotgan joyimdan aytib çiqişdi. Men: «Nima qilyapsizlar?», deb sörasam, u «Hisoblagiçingiz işlamayapti. Uni sozlaşga olib ketyapmiz!», dedi.

«Nega gazni öçirdingiz?» — desam, «Qarzingiz bor, uni tölab qöysangiz, keyin ulab beramiz!» , deb javob qaytardi.

Men unga: «Heç kimdan heç qanaqa qarzim yöq! Tölovlarni öz vaqtida tölab turibman-ku!», deb tölov qoğozlarini kötarib çiqdim. Biroq Alişer insofga kelmadi. Tölov qoğozlarini nomiga bölsa ham qöliga olmasdan, köçaga çiqib ketdi. Hozirgi kungaça hisoblagiç yeçilgan joydan hamon gaz hidi anqib turibdi.

«Qibraytumangaz» xodimlarining bunday bosqinçilarday xatti-harakatlaridan, qörs, qöpol muomalasidan fiğonimiz falakka çiqdi. Kuyovim ertasi kuni ertalab yana tuman gaz idorasi boşliği Abdujamil Jörayev qabuliga kiribdi.

Boşliq bu gal kuyovimga abonentlar bölimiga uçraşişni maslahat beribdi.

Boşliq aytgan abonentlar bölinmasi boşliği Uluğbekka uçraganida u kimgadir qönğiroq qilib, yoniga keçagina uyimga kelib hisoblagiçni yeçib, gazni öçirib ketgan Alişer Qosimovni çorlabdi. U gap nima haqidaligini bilişi bilan: «Döstlik, 19-uyda yaşovçilarning ikki milliondan ziyod qarzi bor», debdi.

— Bu odamni xonangga olib borib gaplaş, — debdi Uluğbek unga.

Alişer kompyuterini oçib, uzoq hisob-kitob qilibdi-da, kuyovimga:

— Aka, qaynonangizning qarzlari ikki million emas, tört million ekan! — deb ödağaylab ketibdi.

— Qanaqasiga!? Bu bölişi mumkin emas! Qaynonam gaz va boşqa kommunal xizmat tölovlarini öz vaqtida tölab keladi-ku?! — debdi kuyovim.

— Mana kompyuterda hammasi oyday körinib turibdi. Bu xonadonda beş nafar odam yaşaydi.

— Töxtang-töxtang! Nimalar deyapsiz? Bu xonadonda bitta qariyadan boşqa heç kim yaşamaydi. Röyxatda ham bir özi turadi. Mana uning hujjatlari, — kuyovim tuşuntirişga harakat qilibdi.

Alişer Qosimov kuyovim taqdim etgan hujjatlarni közdan keçirib, boşqatdan hisob kitobga ötiribdi. Keyin şu yil 7 apreldan tuzilgan dalolatnoma ostiga 792.736 söm, deb yozib beribdi. Ana, xolos! Hozirgina qarzingiz tört million deb turgan odam, endi 792 ming söm deb tursa?! Bu qanaqasi axir! U yana bir marta hisob-kitob qilsa, kim kimdan qarzdorligi ma'lum bölardi.

Uşbu xatni Sizga yuborişdan avval men kuyovimga viloyatdagi rahbarlarga uçraşib, boşqatdan hisob-kitob qildirişni iltimos qildim. Zora, hamma narsa şu yerda hal bölsa, degan umidda.

Kuyovim 2017 yil 28 aprel kuni ertalab «Toşkentgazta'minot» unitar korxonasi direktori Bedil Alimov huzuriga bordi. Afsuski, qorovul uni içkariga kiritmabdi. Qoidasi şunaqa emiş, qabulga kelganlar eşik yonida neça soat bölsa-da, tik turib, kutib turişar ekan. Nega tik oyoqda, deysizmi? Çunki idoraga kelgan odamlar uçun ötiradigan joy ham yöq ekan-da. Bu idoraga kuniga butun viloyatdan qançadan-qança odamlar — yoşu qari, turli kasb egalari kelib, eşik yonida qoqilgan qoziqday sarğayib turişar ekan.

Nihoyat, qorovul qabulxonaga qönğiroq qilib rahbarning qabuliga kiriş uçun yana bir otaxon kelganini aytibdi. Kotiba uni kutib tursin, hozir boşliqning xonasida majlis bölyapti, debdi.

Direktor tuşga yaqin kuyovimni qabul qiladigan bölibdi. Kuyovim boşliqning xonasiga kirsa, u yerda «Qibraytumangaz» idorasining abonentlar bölinmasi boşliği Uluğbek ötirgan ekan...

Boşliq Uluğbekka kuyovimni körsatib:

— Bu odamni taniysizmi? — deb sörabdi.

Uluğbek: «Ha, bu odamning qaynonasining gazdan ikki million söm qarzi bor», — debdi.

— Siz Alişer Qosimovning sönggi hisob-kitobidan xabarsiz ekansiz. Uning sönggi hisob-kitobi böyiça 792.736 söm çiqdi, — debdi kuyovim dalolatnomani körsatib.

Direktor Bedil Alimov bu gapni eşitgaç, xayr-ma'zurni ham nasiya qilib:

— Böpti, 792 ming söm pulni tölab qöyinglar, keyin gaplaşamiz, — deya ketişga hozirlanibdi.

Kuyovim boşliqqa mening yoşim 87 daligini, gazsiz qiynalayotganimni aytib, pul masalasi hal bölgunça gazni ulaşga yordam berişini sörabdi.

— Bizni iste'molçilarning yoşi qiziqtirmaydi. U yoş böladimi, qari böladimi, qarzini tölab qöysa, gazni yoqib beramiz! — debdi boşliq.

Bu katta bir viloyatdagi «obröli» idora rahbarining gapi!

Men sizga tumanimizda şu kunlarda sodir bölayotgan sansalorlik, ovoragarçiliklar, tovlamaçiliklar haqida ozgina hikoya qilib berdim. Agar gapimni inobatga olib, özingiz vaqt topib, bu idoraga bir qadam ranjida qilsangiz, gazlaştiriş idorasi boşliği Abdujamil Jörayev odamlarni qanday sarson-sargardon qilib kunini behuda ötkazayotganiga özingiz guvoh bölasiz. Kadrlar qönimsizligi töğrisida gapirmasa ham böladi. Eşitişimça, «Qibraytumangaz» idorasi davlatdan juda katta miqdorda — taxminan bir yuz ellik yetti milliard söm qarzi bor ekan. Qibray gaz idorasidagilar mana şu qarzlarini biz faxriylar hisobidan yopib olişmoqçimikin?! Endi ayting-çi, yana qança muddatgaça gazsiz ötirişim kerak?! Bu insofsizlarni özboşimçaliklari uçun tergaydigan taşkilot bormi özi?!

Hurmat va ehtirom bilan, Yekaterina Konovaltsova

Tahririyatdan: Yekaterina Petrovna gazdan foydalanganlik uçun pullarni öz vaqtida tölayotganini, uyida bir özi propiskada turişini, gaz hisoblagiçni yaqindagina sinovdan ötkazganligini iddao qilmoqda. Biz «Toşkentgazta'minot» unitar korxonasining Qibray tuman bölimi ayni masalaga vijdonan yondaşişini sörab qolamiz.