Bugun 17 may kuni Mudofaa vazirligi Ma'naviyat va ma'rifat markazida "Namunali harbiylar oilasi" körik-tanlovining yakunlovçi bosqiçi bölib ötdi. Tadbirda qatnaşgan "Kun.uz" muxbiriga köra, unda tanlovning harbiy okrug va unga teng bölgan birlaşmalar miqyosida ğoliblikni qölga kiritgan jamoalar, ya'ni harbiylar oilalari iştirok etgan.
1. Mayor Oxunov Rustam Norinboyeviç (Şarqiy harbiy okrug, Serjantlar tayyorlaş maktabi) va uning oilasi;
2. Mayor Yetmişov Dilşod Bahodiroviç (Janubi-ğarbiy harbiy okrug, Qarşi Serjantlar tayyorlaş maktabi) va uning oilasi;
3. Kiçik serjant Paygamov Ma'rufjon Rustamoviç (Toşkent harbiy okrugi, 16707-harbiy qism) va uning oilasi;
4. Serjant Eşjonov Rahmatilla Qurbonboyeviç (Şimoli-ğarbiy harbiy okrug, 533 SÇR) va uning oilasi;
5. Serjant Tangriqulov Lutfullo Qudratoviç (Havo hujumidan mudofaa qöşinlari va Harbiy havo kuçlari, 83384-harbiy qism) va uning oilasi;
6. Mayor Ergaşev Eldorjon Murodullayeviç (Çirçiq Oliy tank qömondonlik-muhandislik bilim yurti) va uning oilasi.
Oilalarning çiqişlari Respublika ma'naviyat-tarğibot markazi eksperti Jamila Şermuhammedova boşçiligidagi hakamlar hay'ati tomonidan baholanib borildi.

Körik-tanlovda jamoalar tört şart böyiça bellaşişdi:
1. Mustahkam oila - jamiyat tayançi (taniştiruv);
2. Insonga naf keltiriş - oliy baxt;
3. Bilimdonlar bahsi;
4. Karving san'ati.
Birinçi şart böyiça jamoalar şe'rlar, milliy raqs, qöşiqlar, xalq öyinlari va boşqa ijroçilik san'ati orqali har tomonlama soğlom va namunali harbiy oilaga xos bölgan jihatlar hamda ularning yutuqlari körsatib berildi. Ikkinçi şart böyiça sahna körinişida iştirokçilar içkilikbozlik, "ommaviy madaniyat"ning oiladagi muhitga ta'siri kabi ma'naviyat va qadriyatlarimizga yot bölgan salbiy illatlar soğlom va baxtli oilaga taqqoslandi. Şuningdek "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili"da insonning huquq, erkinlik va manfaatlari ustuvorligi, hayotiy muammolarning öz vaqtida hal etilayotgani körsatib berildi. Uçinçi şartda ota-ona hamda ularning bir farzandi iştirok etib, har biriga 30 soniya içida yoşiga doir savollar berildi. Törtinçi şartda oila bekalari karving san'ati orqali xöl mevalardan assorti tayyorlab, ularni did bilan bezaşdi.

Hakamlar hay'ati baholariga köra, mayor Yetmişov Dilşod Bahodiroviç oilasi birinçi öringa munosib körilib, eng namunali harbiy oila deya e'lon qilindi. Ikkinçi örinni quvnoq serjant Eşjonov Rahmatilla Qurbonboyeviç oilasi egalladi. Uçinçi örinda esa mayor Oxunov Rustam Norinboyeviç oilasi qayd etildi.

Tanlovning qolgan iştirokçilari rağbatlantiruvçi mukofotlar bilan taqdirlandi. Mayor Ergaşev E.M. oilasi "Eng pazanda oila", serjant Tangriqulov L.Q. oilasi "Aktyorlik mahorati yuqori oila" va kiçik serjant Paygamov M.R. oilasi "Eng quvnoq va zukko farzandlar oilasi" nominatsiyalari böyiça rağbatlantirildi.
Tanlov yakunida ğolib va sovrindorlar Mudofaa vazirligi hamda Özbekiston Kasaba uyuşmalari Federatsiyasi tomonidan ta'sis etilgan diplom, faxriy yorliq hamda qimmatbaho sovğalar bilan taqdirlandi.












