Prezident Şavkat Mirziyoyevning tegişli qarorlariga muvofiq, Özbekiston mudofaa vaziriga yangi örinbosarlar tayinlandi.
Xususan, polkovnik Zoidov Qahramonjon Obidjonoviç - mudofaa vazirining qurollaniş va qurollantiriş böyiça örinbosari lavozimiga tayinlandi.
Mudofaa vazirligi matbuot xizmatining Kun.uz muxbiriga maʼlum qilişiça, vazirning qurollaniş va qurollantiriş böyiça örinbosari lavozimi vakant bölgan. Qahramonjon Zoidov tayinlovga qadar Özbekiston Respublikasi harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetining Quruqlikdagi qöşinlar instituti boşliği lavozimida faoliyat olib borgan.
Şuningdek, adliya polkovnigi Muratov Jahongir Dilşodoviç - mudofaa vazirining komplayens va korrupsiyaga qarşi içki nazorat böyiça örinbosari lavozimiga tayinlandi.

Jahongir Muratov tayinlovga qadar Özbekiston Respublikasi Harbiy prokurorining birinçi örinbosari lavozimida faoliyat olib borgan.
Mudofaa vazirining komplayens va korrupsiyaga qarşi içki nazorat böyiça örinbosari lavozimi esa yangi joriy qilindi.












