Özbekiston Mudofaa vazirligi nomini tilga olmagan holda «havo sarhadlarimizni qöriqlayotgan zamonaviy qiruvçi samolyotlar»ni namoyiş qildi.

Uşbu samolyotlar Xitoyda işlab çiqarilgan J-10 qiruvçi samolyotining eksport versiyasi - J-10CE hisoblanadi.

Vazirlik hozirça ularning soni, texnik xususiyatlari va narxi borasida maʼlumotlar bermadi.

Kun.uz iyul oyining oxirida xitoylik harbiy kuzatuvçilar va oçiq manbalar tahlilçilariga tayanib, Özbekiston Harbiy-havo kuçlari safiga yana törtta J-10CE qiruvçi samolyoti qöşilgani haqida yozgandi. Öşanda rasmiy Toşkent ham, Pekin ham bu maʼlumotlarni tasdiqlamagan va rad ham qilmagandi.

2026-08-30 18.46.07
Videodan lavha / Kun.uz

Markaziy Osiyo osmonida harbiy muvozanatning özgarişi olib kelişi kutilayotgan uşbu xabar bunga qadar ham mintaqada keng muhokamalarga sabab bölgandi.

J-10CE qanday samolyot?

Tahlilçilarga köra, texnik jihatdan bu qiruvçi samolyot Özbekiston armiyasini sifat jihatidan yangi bosqiçga olib çiqadi. Bir örinli Chengdu J-10CE – 4,5 avlod qiruvçi samolyoti bölib, 2 Max – 2300 km/soat tezlikka çiqa oladi. U faol fazali antennaga ega radar (AESA) bilan jihozlangan bölib, bir vaqtning özida bir neçta nişonni kuzatiş va ularga zarba beriş imkonini beradi. Özbekiston harbiy havo kuçlarida foydalanayotgan, sovetlardan qolgan MiG-29 va Su-27 samolyotlaridagi eski radarlar bunga qodir emas.

Snimok ekrana - 2026-08-30 v 18.16.32
Videodan lavha / Kun.uz

Xitoy qiruvçisining asosiy quroli - PL-15E raketasi 100 kilometrdan ortiq masofada nişonlarga möljalga oladi. Qiruvçida 11 ta osma nuqta (hardpoints) - qurol va uskunalar ilinadigan tugunlar bor. Ularga havo-havo, havo-yer va havo-kema tipidagi qurollarni iliş mumkin. Bu esa samolyotga turli nişonlariga zarba berişda universallik beradi.