Liviya janubida aviabaza uçun janglarda kamida 60 kişi halok böldi. Bu haqda Reuters axborot agentligi harbiy va tibbiy manbalarga iqtibos keltirgan holda xabar bermoqda.
Birak şahrida joylaşgan aerodrom 18 may kuni Uçinçi kuç deb ataluvçi kuçlar otryadlari tomonidan hujumga uçragan. Ular bazani oğir artilleriya va yoppasiga öt oçiş tizimlari bilan öqqa tutişgan. Hududni nazorat qilayotgan Liviya milliy armiyasi jangçilari hujumni qaytarişga muvaffaq bölişgan.
Tibbiy xodimlarning ma'lum qilişiça, töqnaşuvlardan keyin Birak şifoxonasiga 60 kişi jasadi yetkazilgan. Qurbonlar orasida harbiylar bilan bir qatorda oddiy fuqarolar ham bölgan. Şu bilan birga armiyaning 12-brigadasi vakili hujum 86 kişining halok bölişiga olib kelgan bölişi mumkinligini ma'lum qilgan.












