Varşavada ötkazilgan tanlovda kompaniya GPS signalisiz ham harakatlana oladigan va kuçli radioelektron kuraş şaroitida iş qobiliyatini saqlab qoladigan avtonom zarba platformalari oilasini taqdim etgan.
Tanlov oldiga qöyilgan vazifa oddiy aviabaza yoki uçiş-qöniş yölagini bir marta nişonga olişdan köra murakkabroq edi. NATO duşman aerodromiga şunçaki zarar yetkaziş emas, balki uning faoliyatini uzoq muddatga falaj qilib qöya oladigan arzon va keng kölamda qöllanadigan tizimlarni izlagan.
Sababi, uçiş-qöniş yölaklari nisbatan tez taʼmirlanişi mumkin. Samolyotlarni boşqa maydonlarga tarqatib yuboriş, yoqilği va öq-dori zaxiralarini köçiriş ham mumkin. Şuning uçun bitta zarba aviabaza faoliyatini faqat qisqa muddatga töxtatişi ehtimol.
NATO tanlovida esa aerodromning bir vaqtning özida bir neçta muhim böğini - uçiş-qöniş yölaklari, yoqilği obyektlari, taʼmirlaş infratuzilmasi, öq-dori omborlari, havo mudofaasi vositalari va boşqa elementlarni qayta-qayta izdan çiqaradigan kompleks yeçim talab qilingan.
Narwhal qanday raketa?
Ğolib loyihaning eng muhim elementlaridan biri - Narwhal. Manbaga köra, u Çexiyada işlab çiqilgan ilk qanotli raketa bölib, yaqinda sinovlarni yakunlagan.
Yerdan uçiriladigan raketa uzunligi taxminan 4 metr. U Çexiyada işlab çiqarilgan reaktiv dvigatel bilan jihozlangan va past balandlikda soatiga taxminan 750 kilometr tezlikda harakatlana oladi.
Kompaniya Narwhalʼning jangovar yuk va parvoz masofasi bilan farqlanuvçi bir neçta turini işlab çiqqan.
Asosiy variant 120 kilogrammgaça portlovçi moddani 680 kilometrgaça olib borişi mumkin. Yengillaştirilgan, 40 kilogrammlik jangovar yukka ega variantda esa parvoz masofasi taxminan 730 kilometrgaça oşadi.
GPSciz ham harakatlana oladi
Narwhalʼning NATO tanlovi uçun eng muhim xususiyatlaridan biri uning navigatsiya tizimi hisoblanadi.
Raketa vizual navigatsiya va yer relefini kuzatib boriş texnologiyasidan foydalanadi. Bu unga doimiy GPS signaliga boğliq bölmasdan parvoz qiliş imkonini beradi.
Şu tariqa, GPS signallari tösib qöyilgan yoki soxtalaştirilgan kuçli radioelektron kuraş şaroitida ham raketa vazifasini bajariş imkoniyatini saqlab qolişi közda tutilgan.













