Rio Olimpiadasida topshirilgan 130 dan ortiq medal zanglab ketdi

2016 yilda Rio-de-Janeyroda bo‘lib o‘tgan Olimpiadada sovrindor bo‘lgan sportchilarga topshirilgan medallardan ba'zilari zanglab ketdi. Bu haqda Olimpiya o‘yinlari tashkiliy qo‘mitasining kommunikatsiyalar bo‘yicha direktori Mario Andrada France-Presse agentligiga ma'lum qilgan.
Uning aniqlik kiritishicha, muammo medallarning 6-7 foizida yuzaga kelgan. Ustki qoplama asosan bronza medallarida zanglashni boshlagan, turli kamchilik 130 tadan ortiq medalda aniqlandi.
«Medallar bilan muammolar, ular noto‘g‘ri ishlangani yoki ularni tushirib yuborishgani sabab yuzaga kelgan. Lok ko‘chib ketgan joylar qorayib yoki zanglab ketgan», - dedi Mario Andrada.
Shuningdek, Andradaning fikricha, turli muammolar kelib chiqqan 10 ta mukofotda bu harorat darajasidagi farq bilan bog‘liq.
Olimpiya medallarini tayyorlash bilan shug‘ullangan Braziliya zarbxonasi muammoli barcha medallarni almashtirib berishi lozim.
Eslatib o‘tamiz, 2016 yilda Rio-de-Janeyroda bo‘lib o‘tgan Olimpiya o‘yinlarida 2488 ta medal tayyorlangan, ularning taxminan 30 foizi qayta ishlangan materiallardan qilingan.
Tavsiya etamiz
O‘zbekistonliklar eng ko‘p Green Card yutganlar orasida 1-o‘rinni egalladi
Jahon | 22:24 / 12.05.2025
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
12 may yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan muhim voqea va hodisalar
O‘zbekiston | 22:46
-
O‘zbekistonda binolarning zilzilaga bardoshliligi xorijiy mutaxassislar jalb qilingan holda o‘rganiladi
O‘zbekiston | 22:38
-
Ilon Mask Tesla’ning raqsga tushayotgan roboti videosi bilan bo‘lishdi
Fan-texnika | 22:14
-
Toshkentda ko‘p qavatli uy tomiga o‘zboshimchalik bilan restoran qurilgani aniqlandi
Jamiyat | 22:10
Mavzuga oid

20:33 / 13.01.2025
Parij Olimpiadasining ko‘plab medallari nuqsonli bo‘lib chiqdi

14:20 / 21.12.2024
RF atletlariga neytral maqomda OO‘ga yo‘llanma olish uchun ruxsat berildi

20:31 / 20.09.2024
Olimpiya shaharchasi hududida xokkey majmuasi qurilishi mumkin

14:53 / 06.09.2024