KXDR tomonidan yana bir raketa sinovi ötkazilişi ortidan Yaponiya Milliy xavfsizlik kengaşining şoşilinç yiğilişini çaqirdi.

Japan Times xabariga köra, Yaponiya hukumati boş kotibi Yosixide Suga raketa uçirilişi BMT rezolyutsiyasining qöpol ravişda buzilişi ekanini qayd etgan.

Bundan taşqari, Yaponiya TIV diplomatik kanallar orqali KXDRga uşbu holat yuzasidan nota yöllagan.

«Yonhap» esa Janubiy Koreya prezidenti Mun Je In ham Milliy xavfsizlik xizmatining şoşilinç yiğilişini çaqirgani haqida xabar tarqatdi.

21 may kuni ertalab KXDR yana bir bora raketa uçirdi. NHK telekanali ma'lumotiga köra, raketa Yaponiya iqtisodiy zonasiga yetib bormay pastlagan.