Davlat soliq xizmati organlarida faoliyat körsatayotgan «Işonç telefon»lari orqali ötgan hafta davomida jami 195 ta, şundan 6 ta yuridik va 189 ta jismoniy şaxslarning murojaatlari qabul qilindi. Bu haqda Kun.uz’ga Davlat soliq qömitasi axborot xizmati xabar bergan.
Bundan taşqari, ötgan hafta davomida joylarda nazorat-kassa maşinasi va tölov terminalidan foydalanmaslik hamda tuşumlarni bank kassalariga töliq topşirmaslik holatlari böyiça 429 ta tekşiriş ötkazilib, ularning barçasida qoidabuzarlik holatlari aniqlandi.
Ötkazilgan tekşirişlarning aksariyatida savdo va pullik xizmat körsatiş sub'yektlari tomonidan nazorat-kassa maşinasini qöllamasdan tovarlar sotiş va xizmatlar körsatiş, tuşumlarni bank kassalariga topşirmasdan yaşiriş, tölov şaklidan kelib çiqib, narxlarni sun'iy ravişda oşiriş yoki pasaytiriş, hisob-kitob terminalidan foydalaniş qoidalarini buziş, şuningdek, heç qanday hujjatlarsiz tovarlarni noqonuniy sotiş kabi aniqlangan holatlarga nisbatan tegişli çoralar körilmoqda.
Ötkazilgan soliq nazorati natijalariga köra, ötgan hafta davomida soliq qonunçiligini buzgan 2037 nafar şaxs ma'muriy javobgarlikka tortilgan.
Şu jumladan:
- binoni, inşootni yoki ularning bir qismini, turar joyni notarial tasdiqlangan şartnomasiz ijaraga yoki tekin foydalanişga bergan 37 nafar;
- uy-joyga doir mulk huquqini köçmas mulkka bölgan huquqlarni davlat röyxatidan ötkazişni amalga oşiruvçi organlarda öz vaqtida rasmiylaştirmagan 193 nafar;
- daromadlar töğrisida deklaratsiyani soliq organiga öz vaqtida taqdim etmagan 213 nafar;
- noqonuniy tadbirkorlik faoliyati bilan şuğullangan 81 nafar;
- avtomobil transportida yölovçilar taşiş faoliyati bilan litsenziyasiz şuğullangan 391 nafar fuqarolar;
- savdo va xizmat körsatiş qoidalarini buzgan 430 nafar;
- soliq hisobotini soliq organiga öz vaqtida taqdim etmagan 315 nafar;
- debitorlik qarzi muddatlari ötkazib yuborilgan korxonalarning 36 nafar;
- soliqlar va boşqa majburiy tölovlarni tölaş uçun tölov topşiriqnomasini xizmat körsatayotgan bankka öz vaqtida taqdim etmagan 106 nafar mansabdor şaxslar ma'muriy jazoga tortilgan.
Ötkazilgan nazorat tadbirlari davomida soliqqa oid huquqbuzarlikni birinçi marta sodir etib, uning oqibatlarini aniqlangan paytdan boşlab öttiz kunlik muddat içida bartaraf etgan hamda soliqlar va boşqa majburiy tölovlar, şu jumladan, penyalar va boşqa moliyaviy sanksiyalar tarzida davlatga yetkazilgan zararning örnini töliq qoplagan 1110 ta tadbirkorlik sub'yektining mansabdor şaxslari va yakka tartibdagi tadbirkorlar ma'muriy javobgarlikdan ozod etildi.
Şuningdek, noqonuniy tadbirkorlik faoliyatini birinçi marta sodir etib, huquqbuzarlik aniqlangan paytdan boşlab öttiz kunlik muddat içida tadbirkor sifatida davlat röyxatidan ötgan va davlatga yetkazilgan zararning örnini töliq qoplagan 97 nafar jismoniy şaxs ham sudlar tomonidan ma'muriy javobgarlikdan ozod etilgan.












