Joriy yilning 25-27 may kunlari Jizzax vohasida “Barkamol avlod-2017” sport öyinlari ötkaziladi. Mazkur sport musobaqasiga Jizzaxda katta tayyorgarlik işlari ketmoqda. Jizzax mehmonlarni kutmoqda bu sport öyinlari Özbekistondagi köplab sport turlariga yangi sportçilarni kaşf etişi şubhasiz. 

Ilk bor 2001 yilda akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari öquvçilari örtasidagi "Barkamol avlod” musobaqalariga mezbonlik qilib, katta tajriba töplagan viloyat ahli navbatdagi sport bayramini ham yuqori saviyada ötkazişga qizğin tayyorgarlik körmoqda. Xiyobonu maydonlar yanada körkam qiyofaga kirgan. Gulu gulzorlar ajoyib kentga özgaça fayz bağişlagan. Köçalarda bellaşuvlar ruhini aks ettiruvçi suratlar tuşirilgan bannerlar, pannolar közga taşlanadi.

Bu galgi final bosqiçida 901 nafar sportçi-öquvçi, 210 nafar murabbiy, 175 nafar hakam va ommaviy axborot vositalarining 100 nafar vakili qatnaşişi kutilayapti. Bahslar 17 sport turi böyiça 186 medallar jamlamasi uçun uyuştiriladi.

Musobaqalar Jizzax olimpiya zaxiralari kolleji, Jizzax politexnika instituti, uşbu institut qoşidagi akademik litsey sport zallarida, futbol maydonlari, sport inşootlarida ötkaziladi. Qöl töpi, taekvondo, dzyudo, erkin kuraş, yunon-rum kuraşi, stol tennisi, voleybol, badminton, tennis, oğir atletika bellaşuvlariga mezbonlik qiladigan Jizzax olimpiya zaxiralari kollejining katta sport zali, suziş havzasi, gimnastika zali va oşxonasi zamon talablari darajasiga keltirildi.

Iştirokçilar joylaştirilişi rejalaştirilgan kasb-hunar kollejlarining yotoqxona hamda oşxonalarini tayyorlaş işlari poyoniga yetmoqda.

— "Barkamol avlod — 2017” sport öyinlariga tayyorgarlik körişda bitta akademik litsey va beşta örta maxsus, kasb-hunar kollejida olib borilayotgan katta hajmdagi quriliş-ta'mirlaş, obodonlaştiriş yumuşlari deyarli yakunlandi, — deydi Jizzax viloyati örta maxsus, kasb-hunar ta'limi boşqarmasi boşliği Bobur Ösarov. — Musobaqalar ötkazilişi belgilangan ta'lim muassasalariga 11 milliard 200 million sömdan ziyod mablağ ajratilib, sport inşootlari moddiy-texnika bazasini bugungi kun talablariga mos darajaga keltirişga alohida e'tibor qaratilayapti. 

Darhaqiqat, "Barkamol avlod — 2017” final bosqiçi dasturi faqat sport musobaqalaridan iborat emas. Qatnaşçilarning böş vaqtini mazmunli ötkazişga qaratilgan qiziqarli tadbirlar ham közda tutilgan. Jumladan, viloyatning diqqatga sazovor joylariga sayohatlar uyuştiriş, adiblar, xonandalar, aktyorlar, maşhur sportçilar bilan uçraşuvlar, şuningdek, madaniy-ma'rifiy keçalar taşkil etiş rejalaştirilgan. Qisqasi, Jizzaxda yoşlarning katta sport bayrami har tomonlama munosib ötişi uçun barça imkoniyat işga solinayapti.

Jizzaxdan “Kun.uz” muxbiri Akmal Binokulov