Surxondaryodagi manbalarimizning bizga xabar berişiça, Uzun tumanidagi quriliş mollari bozori — «Yevrostroy»da bugun, 23 may ertalab yonğin sodir bölgan.

Hozirça bu yonğin va undagi jabrlanganlar haqida rasmiy organlardan ma'lumotlar yöq, lekin bizga jönatilayotgan xabarlarga qaraganda yonğinda kamida ikki kişi jabrlangan, ulardan biri halok bölgan, ikkinçisining ahvoli oğir.

Quriliş mollari bozoridagi yonğinda asosan kimyoviy aralaşmalar va böyoqlar olovning kuçayişiga olib kelgani aytilmoqda.

Eslatib ötamiz, 19 may oqşomida Surxondaryoning yana bir tumani markazi — Denov şahridagi «Habib bozor» kiyim-keçak bozorida katta yonğin kelib çiqib, bozor butunlay yonib kulga aylangani haqida xabar berilgandi.

Foto: Twitter / @Kvartet_CFC 
Foto: Twitter / @Kvartet_CFC