Mançester şahridagi "Mançester Arena" majmuasida sodir etilgan teraktdan keyin Buyuk Britaniya bilan bir qatorda boşqa davlatlarda ham xavfsizlik çoralari kuçaytirildi.

Jumladan, Avstraliya boş vaziri aholini şaharlarda tösiqlar örnatilişi va ommaviy tadbirlarga politsiyaning qöşimça kuçlari jalb qilinişidan ogohlantirdi. Nyu-Yorkda diqqatga sazovor joylar, köpriklar, tunnellar va aeroportlar qöriqlanişi kuçaytirildi. 

Germaniyada içki işlar vaziri ötkazilajak tadbirlarda xavfsizlik çoralarini qayta tekşirib çiqişga va'da berdi. Germaniyada yaqin kunlarda Yevangeliya çerkovi qurultoyi va futbol böyiça mamlakat kubogi finali ötkaziladi. Şuningdek, mamlakatda yozda bir qator yirik musiqiy festivallar bölib ötadi.