Klassik avtomobillar bilan işlaşga ixtisoslaşgan ClassicCars.com portali AQŞda eng köp kolleksiya qilinuvçi maşinalar reytingini ma'lum qildi. Bu reyting taşkilot saytiga 2016 yilda qilingan qidiruv murojaatlari asosida tuzildi.

Portalda turli yillarda işlab çiqarilgan klassik Ford Mustang eng köp qidirilgan. Bu model 50 ta ştatdan 13 tasida eng köp qidirilgan. 2-örinni Chevrolet Impala egalladi, u 7 ştatda eng köp qidirilgan. 3-örinni Camaro egalladi, unga 5 ta ştatda eng köp murojaat bölgan.

Reytingning keyingi poğonalarini Chevrolet Corvette, Dodge Charger va Ford Thunderbird egallagan, ular 3 ştatda eng köp qidirilgan.

Qidiruvlar böyiça birinçi bölgan yagona xorijiy brend Mercedes-Benz böldi. Konnektikut ştatida nemis markasining 250SE modeli eng köp qidirilgan.

2016 yilda hammasi bölib saytga "Mustang"larni qidiriş böyiça 3 736 942 ta unikal murojaat bölgan. AQŞda işlab çiqarilmagan maşinalar orasida Volkswagen minivenlari eng köp qidirilgan (240 646 ta murojaat).
 
ClassicCars.com portali özini kolleksiya qilinuvçi maşinalarni sotiş böyiça dunyodagi eng katta maydonça deb ta'riflaydi. Saytda bir vaqtning özida turli şaxslar, dilerlik markazlari va auksion uylardan 30 mingtagaça klassik avtomobil taklif qilinadi.