Klassik avtomobillarni suğurta qiliş bilan şuğullanuvçi Hagerty kompaniyasi AQŞda DriveShare xizmatini işga tuşirdi. U noyob maşinalar egalariga avtomobillarini ijaraga beriş imkonini beradi. Bunda “orzu” avtomobilida sayr qilişni istovçilar maxsus suğurta oladilar.

Ijaraçi sifatida portalda qayd qilinuvçilar 500 dollar miqdorida depozit kiritişlari kerak böladi. Bundan keyin Hagerty ularga istalgan maşinaga million dollargaça bölgan summaga suğurtani ta'minlaydi.

Biror qiziqtiruvçi maşinani izlaş ham interfaol xarita orqali (uni yaqin orada topiş uçun), ham turli körsatkiçlar böyiça amalga oşirilişi mumkin. Avtomobillar egalari ijara haqini özlari belgilaydilar. Bunda ijara tölovi içiga yöllarda yordam xizmatidan foydalaniş imkoni kiritiladi.  

Uşbu xabar berilgan vaqtda DriveShare saytida AQŞning turli qismlarida 134 avtomobil taklif etilayotgandi. Ular orasida superkarlar, masl-karlar, oldtaymerlar hamda kabriolet va “quvvatlangan” modellar mavjud.

Misol uçun, portalda Kaliforniyada Lamborghini Aventador maşinasini ijaraga beriş taklif etiladi. Uning bir kunlik ijarasi narxi 3300 dollarni taşkil qiladi. Şu vaqtning özida Atlantada kuniga ming dollarga 1971 yilning Chevrolet Corvette kabrioletini oliş mumkin. Texasning Pleyn şahrida esa 179 dollarga 1931 yilning Ford Model A maşinasini ijaraga oliş mumkin. Bu ijaraga beruvçi özining 86 yillik “Ford”ini erkin boşqarişga bermoqda, ya'ni ijaraçi uni mustaqil boşqarişi mumkin. Juda eski avtomobillardan ba'zilarini esa tadbirlargagina buyurtma qiliş mumkin, bunda maşinani uning egasi boşqaradi.