2016 yilda Argentina poytaxti Buenos-Ayresdagi 140 yillik tarixga ega hayvonot boği yopilgan bölsa-da, undagi hayvonlar tor qafaslarda qolmoqdalar. Argentina hukumati hayvonot boğidan 1,5 mingdan köproq jonzotni boşqa, jumladan xorijdagi hayvonot boğlariga taqsimlaşga va'da bergan. Biroq bu va'dalar quruq söz bölib qolmoqda va ötgan bir yil içida vaziyat özgarişsiz qolib, tobora ayançli köriniş olmoqda, deb xabar bermoqda Associated Press axborot agentligi.
Hayvonot boği 1875 yilda şaharning osoyişta çekkasida barpo etilgan. Hozir bu yerdan yirik magistral ötgan.

Hayvonot boğidagi kondorlar şunçaki ozodlikka qöyib yuborilgan, yana 360 jonzotga mamlakatning turli qismlaridan yangi uylar topildi. Biroq jonzotlarning aksariyati tor qafaslarda qolib ketgan. Bu orada hukumat hayvonot boğini buzib taşlaş qarorini qabul qilgan, biroq undagi jonzotlarning kelgusi taqdiri haqida heç qanday aniqlik yöq.

Şahar ma'muriyatining aytişiça, hayvonlarni tarqatiş jarayoni ular öylagandan murakkabroq bölib çiqqan va hozirça bu borada biror aniqlik yöq. Şuning uçun hozirça vaqtinçalik çoralar körilgan: hayvonot boğiga avvalgi 10 ming taşrif buyuruvçi örniga 2 ming kişi qöyilmoqda.













